Yaponiyaning yirik banklarida xodimlar o‘rnini robotlar egallamoqda
25.02.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

yap_25_02_2015

Yaponiyaning yirik banki Mitsubishi UFJ Financial Group yaqin vaqt ichida robotlarni ishga tushirishni rejalashtirgan, bu nafaqat xavfsizlikda yordamchi bo‘g‘in, balki mijozlar bilan ishlashda vakolatga ham ega bo‘lish imkonini kengaytiradi. Bank ofislarida odamlarga xizmat qiluvchi 58 santimetrli bo‘y-bastga ega Nao gumanoidi Fransiyaning Aldebran Robotics kompaniyasida ishlab chiqilgan. Aprel oyidayoq Nao robotlari ikki ofisda sinovdan o‘tkazila boshlaydi.

Agar sinov muvaffaqiyatli o‘tsa, bunday robotlarni tez orada bankning boshqa bo‘linmalari ham sotib olishi mumkin bo‘ladi. Nao kamera bilan jihozlangan va o‘n to‘qqiz tilni tushuna oladi. U mijozlarning yuzi, imo-ishoralari va ovozlariga muvofiq emotsiyalarini tahlil eta oladi. Nao mijozlar paydo bo‘lishi bilanoq kutib olib, ulardan qanday xizmatdan foydalanish uchun tashrif buyurganlarini so‘raydi.

Mitsubishi UFJ «g‘ayri insoniy resurslar»ni investitsiyalovchi Yaponiya kompaniyalaridan biridir. Nestlening Yaponiya bo‘linmasi Pepper robotini o‘z xodimlari ro‘yxatiga kiritishni rejalashtirayotganini e’lon qildi. Nagasakidagi Henn na otelida deyarli barcha xodimlarni og‘ir ishlarda robotlar bilan almashtirishmoqchi. Ular mehmonlarni kutib oladi va xizmat ko‘rsatib, xonalarni tozalay oladi. Aslida, barcha xodimlarni ishdan bo‘shatib yuborishni maqsad qilmagan bo‘lsalarda, xodimlar o‘z robotlashtirilgan hamkorlari bilan ishlashlariga to‘g‘ri keladi.

Takuma Nomoto banki yuksak texnologiyali tashabbuslar bo‘yicha direktorining aytishicha, robotlar shunchaki, oddiy odamlar amalga oshiradigan vazifalardagi og‘ir mehnatni bajarishda qo‘shimcha kuch beradilar xolos, masalan, uzluksiz 24 soatlik banking va turli mamlakatlardan kelgan mijozlar bilan muloqotda bo‘lishda yordam beradilar. Xodimlarni to‘liq ishdan bo‘shatish haqida hali tashvishlanishga hojat yo‘q.

Manba: www.theguardian.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq