Smartfon uchun Wishbone termometri uyqudagi go‘dak haroratini o‘lchaydi
25.02.2015
Rukn: Texnologiya, Yangiliklar.
Muallif: .

Go‘dak bolakay o‘zini yomon his qilganida uni nimalar bezovta qilayotgani haqida gapirib bera olmaydi. Ko‘pincha shamollash yoki boshqa kasalliklarda shunday holat yuzaga kelib, ularning belgilaridan biri tana haroratining ko‘tarilishi bo‘ladi. Tana haroratidan o‘z vaqtida xabardor bo‘lish uchun Joywing Tech kompaniyasi juda ixcham va oddiy «aqlli» Wishbone termometrini taqdim etdi.

term_25_02_2015

Gadjet smartfon uchun aksessuar hisoblanib, 2 soniyada go‘dak bolakay tana haroratini aniqlab beradi. Tana terisiga tegmay turib, haroratini o‘chash imkonini beruvchi mazkur yangilik, ayniqsa, go‘daklar uchun juda qulay bo‘lib, aniq ma’lumot bera oladi. Bundan tashqari, avvalgi ko‘rsatkichlarni jamlab, saqlash imkonini beradi, bu betob go‘dakni parvarishlayotgan ota-onalar yoki homilador bo‘lish istagidagilar uchun ham muhimdir.

term_25_02_2015_1

Wishbone yordamida tana haroratidan tashqari, atrof-muhit, turli suyuqliklar haroratini ham o‘lchash mumkin. Shu tariqa, zarur haroratdagi turli aralashmalarni tayyorlash yoki sutni isitish mumkin, uni ichib ko‘rishning esa hojati yo‘q.

Bu aynan ota-onalar yoki shu baxtga erishish arafasida turganlar uchun muhim, eng zarur vositadir. Mazkur qurilmaga qiziqish naqadar kattaligini Kickstarter kampaniyasida 28 kun ichida jami zarur bo‘lgan 50 ming dollardan 20 minggi jamlanganidan ham bilish mumkin. Gadjet aprel oyida 33 dollar narxda bozorga chiqarilishi kutilmoqda.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq