Smartfon — haydovchilik guvohnomasining o‘rnini bosadi
25.02.2015
Rukn: Mobil aloqa, Texnologiya.
Muallif: .

smart_25_02_2015

Ayova shtati (AQSH) transport vazirligida avtomobil egalariga havdovchilik guvohnomasining elektron variantidan foydalanish uchun smartfonda saqlanadigan yangi tizim testdan o‘tkazilmoqda.

Haydovchi fotosurati bilan standart ma’lumotlarga ega o‘z guvohnomasining raqamli dublikati berilgan maxsus dasturni bepul saqlab olib foydalanishi mumkin. Bunda fotosurat politsiya shaxsni aniqlashida qiyinchilik tug‘dirmaslik uchun o‘zgaruvchan rakurs bilan berilgan bo‘lishi shart. Biroq mazkur tizimdan foydalanishda asosan norasmiy xavfsizlikka ta’luqli qator muammolar ham mavjud. Haydovchilik guvohnomasining nusxasi smartfonda PIN-kod bilan himoyalanadi, biroq qurilma yo‘qolib qolishi yoki tizimni buzib kirishlari holatlari bo‘lishi mumkin. Agar batareyasining quvvati ta’minlanmay qolsachi, unda nima qilish mumkin? Bu holda politsiya qanday ish tutadi? Yana tekshiruv vaqtida politsiya smartfondagi shaxsiy ma’lumotlarga kirish imkoniyatini ham bilib olishi mumkin.

Umuman olganda, hozircha savollar ko‘p, biroq 2015-yilda loyiha haqiqiy hayot amaliyotida tatbiq etila boshlashi haqida qaror qabul qilingan.

Manba: www.desmoinesregister.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq