Shaffof kо‘zaynak bir zumda qoraytirilgan ko‘zoynakka aylanadi
25.02.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

shaf_25_02_2015

Jorjiya (AQSH) Texnologiya instituti tomonidan deyarli bir zumda qoraya oladigan ko‘zoynak linzalari ishlab chiqarildi.

Ko‘zoynak linzalari tarkibiga elektr tokidan ta’sirlanadigan elektr-xromli polimerlar kiradi. Tok ta’sirida linzalar bir necha soniya mobaynida o‘zgarib — qorayadi yoki shaffoflanadi. Linzalarning dastlabki nusxalarida moviy, ko‘k, sariq va olov rangli polimerlar aralashmasidan foydalanilgan, bu tushayotgan yorug‘likning 70 foizgacha to‘sa oladigan jigar rang bilan qoplanishiga sabab bo‘ladi. Shu tariqa, turli rang tusli polimerlardan o‘z xohishiga ko‘ra rangli qorayadigan oynaklarni tanlab olish mumkin.

Shunday ko‘zoynaklarda quvvat manbai bo‘lishini talab etiladi, bu juda ham kichik batareykadan iborat. Ko‘zlarini yorqin quyosh nuridan himoya qilishga intiladigan odamlar uchun juda zarur. Tadqiqotchilar yirik ko‘zoynak ishlab chiqaruvchilar bilan mazkur texnologiyada ish boshlash haqida hamkorlik kelishuvi bo‘yicha ish boshlaganlar. Uning taqdiri hozircha ma’lum qilinmagan.

Manba: www.coolthings.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq