Robot-bog‘bon
25.02.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

robot_25_02_2015

Fransiya, Italiya, Germaniya va Ispaniya vinoshunosligida katta uzumzor bog‘larda xizmat qilishi uchun robot-bog‘bon yaratish bo‘yicha loyiha ustida kuchlarni birlashishga qaror qilindi. VineRobot qo‘shma ishlanmasi to‘rt g‘ildirakli korpusdan iborat bo‘lib, turli datchiklar bilan jihozlangan.

Robot ta’minot manbaini quyosh batareyasidan olib, GPS navigatsiya yordamida harakatlanadi. VineRobot turli texnologiyalar yordamida tuproq namligi, tok navdasining vegetativ o‘sish fazasi, uzum mevalarining pishib-yetilish darajasi haqida ma’lumotlar jamlashi va simsiz yo‘ldoshli tarmoq orqali mobil qurilmasi ilovasiga uzata oladi. Bu ma’lumotlarni qurilma foydalanuvchisi tahlil etib, uzumzor parvarishining navbatdagi qadami haqida fikr yuritishi mumkin. Tashkilotchi-larning fikriga ko‘ra, Robot-bog‘bon oddiy bog‘bondan ko‘ra tez mehnat qilishi, masalan, ma’lumotlar jamlovchi dronlarga nisbatan aniq ishlashi va uning mehnati ancha arzonga tushishi shubhasizdir. Loyihani keyingi yil oxiraga qadar yakunlash rejalashtirilgan.

Manba: www.vinerobot.eu

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq