Qiziqarli FAKTlar
25.02.2015
Rukn: Qiziqarli fAKTlar.
Muallif: .

akt_25_02_2015

Eng ommaviy interenet-do‘konlaridan biri Amazon.com o‘zining onlayn maydonida Yangi yil sovg‘asi sifatida nimalarni taqdim etish bo‘yicha xaridorlariga tavsiyalar berib, savdoni faollashtirib yubordi.

Global tarmoqy savdo maydonchasi mutaxassislari fikriga muvofiq, eng yaxshi sovg‘a fotokameralar, kompyuter aksessuarlar hamda smartfonlarni taqdim etish lozim. Shunday qilib, navbatdagi sahifamizni Yangi yil archasi yonidagi eng yaxshi sovg‘alarga bag‘ishlaymiz.

Amazon.com versiyasi bo‘yicha yangi yil sovg‘alari reytingi

akt_25_02_2015_1

1. Google Chromecast HDMI Streaming Media Player
Chromecast — bu kichik qurilma televizorning HDMI-razyomiga o‘rnatiladi va kontentni telefon, planshet yoki noutbukdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri katta ekranda namoyish etish imkonini beradi. Chromecast Android va iOS boshqaruvida mobil qurilmalarda, shuningdek, Mac, Windows va Chromebook noutbuklarida ishlaydi.

akt_25_02_2015_2

2. Canon EOS 700D
Mazkuz raqamli ko‘zguli fotoapparat Canon EOS 650D fotoapparati preyomnigi hisoblanadi va deyarli unga aynan mos keladi: rejimni boshqarish yangichaligi, korpusining materiali, bezatilishi, Live View rejimida avtofokusirovka tizimining takomillashtirilganligi videosuratga olish va real vaqtda «ijodiy filtr» effektida tomosha qilish imkoniyati bilan farqlanadi.

akt_25_02_2015_3

3. LG G3
LG Electronics kompaniyasidan G seriyali yangi smartfoni — nafis korpusda innovatsiyalar bilan qoplangan. Endi ajoyib razresheniyali katta displeyda, lazerli avtofokusirovkada, kuchli apparat qismlari bilan taqdim etildi, mazkur G3 smartfonini ishonch bilan LG tomonidan yaratilgan eng yaxshi apparat deb atash mumkin.

akt_25_02_2015_4

4. Sonos PLAY:1
Sonos PLAY:1 — bu HiFi musiqiy tizimi bo‘lib, simsiz stereotizim va boshqa audioqismlardan tashkil topgan. Mazkur tizim har qanday qurilma orqali boshqarila olinadigan sevimli kompozitsiyalaringizni bir ilovaga jamlay oladi. Sevimli kuy-qo‘shiqlaringizni xohlagan joyingizda maxsus simsiz tarmoq orqali tinglab, orom oling.

akt_25_02_2015_5

5. PlayStation 4
Mazkur konsol barcha erkaklarning orzusi bo‘lsa, ajab emas. Yangi texnologiyalar, g‘aroyib grafikasi bilan o‘yinlar haqiqiyga aylanib qoladi, qizg‘in bir kishilik o‘yinlar hamda tarmoq imkoniyatlari — Sony kom-paniyasidan sakkizinchi avlod o‘yinlar joylashtirilgan qutichada mana shular yashirilgan.

akt_25_02_2015_6

6. Remington i-Light Pro IPL6000
Fotoepilyator i-Light Pro jahonning yetakchi dermatologlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo‘lib, keraksiz tuklarni tez va ehtiyotkorlik bilan olib tashlaydi. Yangi kiritilgan datchiklari evaziga u ayollar terisi uchun ham, erkaklarga ham mos kelaveradi. U mustaqil ravishda, teri turini aniqlab hamda epilyatsiyaning xavfsiz turi bilan ta’minlaydi.

akt_25_02_2015_7

7. Audio-Technica ATH-M50xBL
Ixtisoslashgan studiyalar M50 seriyali naushniklar mohiyatiga ko‘ra, mutaxassislar hamda oddiy tinglovchilar tomonidan yildan-yilga maqtovga sazovor bo‘lib, taqriz va mukofotlarga muyassar bo‘lmoqda. Model Audio-Technica kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, nafaqat professional monitoring va ovoz yozish stu-diyalarida, balki melomanlar tomonidan ham ommalashib, foydalanilmoqda. Bu studiyalardagi ishlarda qo‘llanilishidan tashqari, yo‘lda tinglash uchun ham eng samarali variantdir!

akt_25_02_2015_8

8. Roku 3500R Streaming Stick
Mediapleer Roku 3500R Streaming Stickni istalgan HDMIga ega televizorga ulash mumkin hamda Smart TVdek tekshirib ko‘rish mumkin. Bu bilan avtonom qurilma hisoblanmaydigan Google Chromecastdan farq qiladi, kompyuter, smartfon yoki planshetda ham tashqi resurslarni talab etmaydi. Roku 3500R Streaming Stick oddiy USB flesh-diskka o‘xshaydi. Bir tomondan, HDMI razyomi, boshqa tomondan, Micro USB porti mavjud.

akt_25_02_2015_9

9. Fitbit Charge Wireless Activity Tracker Sleep Wristband Black Large
Mazkur sport bilak tasmasi ko‘plab datchiklar bilan jihozlangan hamda organizmning ko‘plab turli ko‘rsatkichlari va mashqlar samaradorligini tahlil qiladi. U ma’lum vaqt mobaynida sarflangan kaloriyalarni, yengil uyqu uchun yanada samarali fazalarni aniqlaydi, shu bilan birga, u uyg‘otkich vazifasini ham bajaradi. Kiritilgan balandlikni o‘lchagich, akselerometr hamda qadam o‘lchagichi ham mavjud.

akt_25_02_2015_10

10. Braun Pulsonic 790cc Series 7
7 Seriyali 6 ustarasi eng texnologik takomillashgan qurilma Braun hisoblanadi. Yuksak texnologiyaga ega Sonic avtomatik ravishda, uning quvvatini yanoqlardagi soqolga muvofiqlashtiradi hamda yanada yaxshi va qulay amal qilish uchun yuzga har bir tegishda 10 000 mikrovibratsiyani yo‘naltiradi. Bundan tashqari, 7 Seriyasi jahonga mashhur Braun dizayni bilan bekamu-ko‘st amal qiladi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq