Mouse-Box — kompyuter sichqonchasi
25.02.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

mouse_25_02_2015

Odatda sichqoncha kompyuterga ulanishini bilamiz, bu yerda hammasi aksincha. Mazkur qiziqarli yangilik yaqin orada savdoga chiqishi kutilmoqda. Polshalik ishlab chiqaruvchilar kiritilgan kompyuter sichqonchasi sifatida mini-kompyuter Mouse-Boxni yaratdilar.

mouse_25_02_2015_1

Mouse-Box tashqi dizayni bilan oddiy kompyuter sichqonchasiga o‘xshaydi. Faqat ichida: ARM Cortex to‘rt yadroli protsessor 1,4 GGts taktli chastotali, kiritilgan 128 Gb hajmli xotiraga ega.

U ikki USB-porti va bir Micro-USBga ega. Qurilma displeyga ulanish uchun HDMI interfeysi, shuningdek, simsiz Wi-Fi tarmoqqa ulanish uchun ma’lumotlar uzatish moduli bilan jihozlangan.

Maxsus gilamchasi bir vaqtning o‘zida zaryadlovchi qurilmadir. Mouse-Boxni shunchaki sichqoncha hamda alohida kompyuter sifatida foydalanish mumkin. Hozirgi davrda ishlab chiqaruvchilar jamoasi ishlab chiqarishni boshlash va savdo uchun hamkor sheriklarni izlamoqdalar. Hozircha devays narxi ma’lum qilinmagan.

Manba: http://mouse-box.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq