Himoyalangan ixcham Olympus Stylus Tough TG-860 kamerasi
25.02.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

olymp_25_02_2015

Fotoapparatlar ko‘pincha nozik buyum hisoblanadi va ularni tushurib yuborish umuman yaxshi natijalarga olib kelmaydi. Shunday bo‘lsada, yuqori darajada himoya talab etiladigan holatlar va turli xavfli vaziyatlarda ishlatishga mo‘ljallangan bir qator himoyalangan fotokameralar mavjud.

Olympus kompaniyasi yangi himoyalangan Stylus Tough TG-860 fotokamerasini taqdim etdi. U 16 megapiksel razresheniyeli (BSI/CMOS) KMOP-matritsa bilan jihozlangan. Selfi suratni olishda qulay bo‘lishi uchun surilma burilish (180 gradusga) mexanizmiga ega LCD-displeyi mavjud. Tasvirni qayta ishlash uchun TruePic VII protsessori va 60 fps kadrli chastotaga ega Full HD-video olish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari, 120 fps ostida 854 x 480 (16:9) yoki 640 x 480 (4:3) yoki 240 fps. ostida 640 x 360 (16:9) yana 480 x 360 (4:3) video olish imkoniyati mavjud.

olymp_25_02_2015_1

Stylus Tough TG-860’dan 15 metrgacha suv ostida ham foydalanish mumkin, bu suv ostida suzish bilan shug‘ullanuvchilar uchun juda ma’qul keladi. Bundan tashqari, apparat korpusi chang tushishidan ham himoyalangan, fotokameradan — 10 daraja sovuq havoda ham foydalanish mumkin, bu qorli tog‘larda, dam olishga chiqqan vaqtlarda juda asqotadi. Fotoapparatdan ikki metr balandlikdan tushib ketgan vaqtda ham foydalanish mumkin, bundan tashqari, uning ustiga 100 kg.gacha bosim bo‘lganda ham hech qanday zarar yetmaydi. Olympus Stylus Tough TG-860 savdoga aprel oyida 280 dollar narxda chiqariladi.

Manba: www.dpreview.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq