General Electric USB, Wi-Fi hamda open-source bilan qo‘llab-quvvatlanadigan muzlatkichni yaratdi
25.02.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

gen_25_02_2015

General Electric kompaniyasi qiziqarli taklifni taqdim etdi. GE muhandislari «aqlli» ChillHub muzlatkichini yaratdilar, uning aksessuarlari hamda boshqaruv ilovalarini har kim ham ishlab chiqishi mumkin. Hozircha hamfikrlar bosh qotirib o‘tirmay, ishni boshlab yuborganlar. General Electric kompaniyasi nazoratidagi korxonalar orqali, shuningdek, 3D-bosma ishlari sohasidagi biznes-hamkorlari bilan erkin tarqatilladigan lohihalarni yaratish ustida ish boshlamoqdalar.

Masalan, FirstBuild (GE QK va Local Motors) guruhi muzlatkichda saqlanayotgan sut hajmini kuzatush uchun blok yaratdilar. ChillHub egasi smartfon ilovasi orqali uyida sut bor-yo‘qligi yoki qancha qolganini aniqlab, do‘konga yo‘l olishi mumkin.

Muzlatkich ichidagi sakkizta USB-portdan biriga ulangan mazkur blok boshqa modullar kabi nafaqat mahsulot miqdori, balki sifatini ham (saqlanish muddati va sotib olingan kun ma’lumotlariga muvofiq) nazorat qila oladi. Barcha dolzarb ma’lumotlarni smartfonga uzatish uchun muzlatkichga kiritilgan Internetga ulangan Wi-Fi modulidan foydalaniladi. Ilovani Java (SDK Node.js, open-source iOS) skriptlari asosida yaratish mumkin. FirstBuild saytida gadjetning 3D-modelini saqlab olish mumkin. O‘sha yerda elektronika va zarur dasturiy ilovalar mavjud.

GE ChillHub muzlatkichi ichidagi har bir USB porti 2 A.gacha tok saqlanadi. Bu ventilyator ishlashi va boshqa zaruratlar uchun yetarli bo‘lib hisoblanadi. Masalan, ichimliklarni ko‘rsatilgan haroratgacha tezda sovitib beruvchi va mazkur amal yakunlangani haqida smartfonga signal yuboruvchi modullari ham taqdim etilgan. Hozirgi vaqtda barcha yaratilgan modullar bepul tarqatilmoqda. Istiqbol rejada General Electric loyihaning tijorat turini yaratishni mo‘ljallamoqda. Inson — qiziquvchan mavjudod. Hamma narsani oldindan bilgisi kelaveradi! Har holda muzlatkichdagi mahsulotlar haqida uyiga yetib kelmasdan, ma’lumot olgani yaxshida.

Manba: www.ge.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq