TELECOM TV savdo bеlgisi ostida taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida, Buxoro va Qo‘qon shaharlarida IPTV CDN qurilmalari o‘rnatildi
24.02.2015
Rukn: Internet.
Muallif: .

tel_24_02_2014

Bugungi kunda “O‘zbektelekom” AK tomonidan Respublikamiz aholisiga TELECOM TV savdo belgisi ostida sifatli IPTV — interaktiv televidiniye xizmati taqdim etilmoqda. Mazkur xizmat foydalanuvchilarga 61ta SD (standard definition) formatidagi telekanallardan bahramand bo‘lish imkoniyatini beradi va bir qator qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etadi.

IPTV platformasini kengaytirish, foydalanuvchilarga sifatli xizmatlar taqdim etish va qo‘shimcha xizmat turlari sonini oshirish maqsadida, Buxoro va Qo‘qon shaharlarida IPTV servislar платформasida qo‘shimcha CDN (content distribution network) qurilmalari o‘rnatildi.

CDN qurilmasi foydalanuvchilarga kontentlarni yetkazib berishni optimallashtirish imkonini beradi, shuningdek, audio, video, dasturiy ta’minotlar va boshqa turdagi raqamli kontentni yuklab olish tezligini oshirishga xizmat qiladi. Shuni ham takidlash lozimki, yaqin vaqt ichida aholiga HD (high definition) formatidagi telekanallarni taqdim etish ham rejalashtirilgan.

IPTV xizmatidan foydalanish shartlari, telekanallar ro‘yxati, shuningdek, mazkur xizmat orqali taqdim etilayotgan qo‘shimcha xizmatlar haqidagi ma’lumotlarni www.uzonline.uz saytidan olish mumkin.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq