Ta’lim jarayonini ilmiy-texnika axborotlari bilan ta’minlash: yangi imkoniyatlar
24.02.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Ulug‘bek Karimov, O‘ktam Karimov.

Respublikamizda ta’lim tizimini axborotlar bilan ta’minlash samarasini oshirish maqsadida bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Ulardan biri «O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi (O‘MKHT) elektron kutubxonalarining axborot tarmog‘i» deb nomlangan bo‘lib, u 2013–2014 yillar davomida amalga oshirildi. Loyihadan ko‘zda tutilgan maqsad: O‘MKHT muassasalarini, ilg‘or texnologiyalar asosida korporativ tarmoq orqali axborot almashuvini amalga oshiradigan elektron ilmiy-ta’limiy axborotlar bilan tezkor ta’minlash darajasini oshirishdan iborat.

Mazkur loyiha doirasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi tarkibiga kiruvchi 100dan ortiq kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar qoshidagi axborot-resurs markazlari http://armat.uz manzilida joylashtirilgan «axborot-resurs markazlarining avtomatlashtirilgan tizimi» (ARMAT) orqali yagona axborot tarmog‘iga birlashtirildi.

Mazkur tarmoq orqali Respublika axborot kutubxona markazining 40 000dan ortiq to‘liq matnli ilmiy texnikaviy adabiyotlari elektron kutubxonasidan foydalanilmoqda. Respublika axborot-kutubxona markazining elektron kutubxonasidan foydalanish algoritmi Respublika axborot kutubxona markazining elektron kutubxonasidan foydalanish algoritmi juda qulay. Internet tarmog‘ini ishga tushirib, brauzer orqali http://armat.uz buyrug‘i berilsa, bir necha soniyada tarmoqqa joylashtirilgan ARMAT dasturining bosh sahifasini ko‘rish mumkin bo‘ladi.

tal_24_02_2014

Dasturning bosh sahifasi

tal_24_02_2014_1

Respublika axborot kutubxona markazining elektron kutubxonasidan foydalanish algoritmi

Bosh sahifadagi «O‘zbekiston ilmiy-texnik adabiyotlarning elektron kutubxonasi» bog‘lanishiga sichqoncha bilan chertilsa, Respublika axborot kutubxona markazining Internetda taqdim qilingan elektron kutubxonasining bosh sahifasiga o‘tiladi.

tal_24_02_2014_2

O‘zbekiston ilmiy-texnik adabiyotlarning elektron kutubxonasining bosh sahifasi

Bu yerdagi «Войти свою учетную запись» tugmasiga sichqoncha bilan chertsak, elektron kutubxonadan foydalanish uchun ID karta nomeri va parolni kiritishga mo‘ljallangan panel paydo bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, ID karta nomeri va tizimga kirish parolini har bir foydalanuvchi Respublika axborot-kutubxona markaziga shaxsan tashrif buyurib, u yerdan olishi mumkin.

tal_24_02_2014_3

ID karta nomeri va tizimga kirish parolini kiritish

Tegishli ID karta nomeri va tizimga kirish paroli kiritilgach, elektron kutubxonaning elektron katalogi bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘lish mumkin.

tal_24_02_2014_5

Tizimning elektron katalogi

Tizim interfeysining «Поиск» tugmasini bosish orqali elektron katalog bazasidan ma’lumot qidirish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Bu yerdagi «Библиотечный каталог» maydonining o‘ng tomonidagi tugmani chertish orqali «qidirish atamasi» maydoniga «название» so‘zini o‘rnatamiz, ya’ni qidirishni kitobning sarlavhasi bo‘yicha amalga oshirilishini ko‘rsatamiz.

tal_24_02_2014_6

Qidirib topilgan kitob to‘liq matnini ko‘rish

Qidirilayotgan kitob sarlavhasini tegishli maydonga kiritib, «GO» tugmasini sichqoncha bilan chertamiz.

tal_24_02_2014_7

Qidirib topilgan kitobning to‘liq matni

Natijada «Axborot» so‘zidan boshlangan kitoblarning ro‘yxatiga ega bo‘lamiz. Agar «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati» sarlavhali kitobning to‘liq matni bilan tanishmoqchi bo‘lsangiz, mazkur sarlavhaning o‘ng tomonidagi kvadratchaga belgi qo‘yish va kitob sarlavhasiga sichqoncha bilan chertish zarur.

Tizim interfeysining o‘ng tomonidagi «Вид Fulltext Файл» tugmasini chertish orqali qidirib topilgan kitobning to‘liq matniga ega bo‘lamiz.

Respublikamizdagi ixtiyoriy talim muassasasi talabalari, professor-o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqotchilar ARM’da ro‘yxatdan o‘tib, tegishli login va parolga ega bo‘lgach, ARMAT-UZ dasturi orqali O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Internetda taqdim qilingan resurslaridan, O‘zbekiston Respublikasi FA Asosiy kutubxonasi va 18ta ilmiy-tadqiqot institutlari yig‘ma elektron katalogidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Internet tarmog‘iga ulangan ixtiyoriy axborot-resurs markazidan http://armat.uz manzili orqali Respublika axborot-kutubxona markazining «Ilmiy texnika axborotlarining elektron kutubxonasiga» joylashtirilgan 40 000dan ortiq ilmiy texnika sohasiga oid adabiyotlardan foydalanishi mumkin. Shunday qilib, o‘quv jarayonini kerakli adabiyotlar bilan ta’minlash, o‘quvchi-yoshlar, talabalar hamda professor-o‘qi-tuvchilarni ilmiy-texnikaviy axborotlar bilan tezkor ta’minlashda yangi imkoniyat yaratildi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq