O‘zbekistonning keksa fuqarolari ijtimoiy xizmatlarga qo‘ng‘iroq qilishlari uchun alohida interaktiv raqam yaratiladi hamda bepul SMS-xabar yo‘llash xizmati tashkil etiladi
24.02.2015
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekistonda “Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturi doirasida, keksa fuqarolari ijtimoiy xizmatlarga qo‘ng‘iroq qilishlari uchun alohida interaktiv raqam hamda bepul SMS-xabar yo‘llash xizmatini joriy etish  orqali keksa fuqarolar so‘rovlari va talab ehtiyojlariga operativ javob berish tizimlarini yaratish nazarda tutilgan.

Xususan, mazkur tizimni joriy etish orqali ijtimoiy himoya masalalarida keksa fuqarolar so‘rovlari va talab-ehtiyojlariga quyidagi operativ javob berish tizimlarini yaratish nazarda tutilgan:

  • keksa fuqarolarga yagona telefon raqami (call-center) orqali ishonchli va to‘liq axborot taqdim etish, shuningdek, ijtimoiy xizmatlar olish masalalarida hamkorlik qilish zaruratiga oid interaktiv xizmatlar;
  • nafaqadagilar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq pensiya hajmining oshirilishi to‘g‘risida axborot beruvchi bepul SMS-xabarlar, shuningdek, ular tomonidan yo‘naltirilgan individual so‘rovlarga asosan  pensiyalari hajmi ko‘rsatilgan interaktiv xizmatlar;
  • nafaqa yoshidagi yoki nogiron abonentlarga Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi manziliga ijtimoiy xizmatlar sifati haqidagi SMS-xabar jo‘natish bo‘yicha bepul xizmatlar.
  • mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Pensiya jamg‘armalari hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqalarga  IVR tizimi orqali alohida interaktiv raqam ajratish va qo‘ng‘iroqlarni qayta yo‘llashni tashkil etish
Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq