O‘zbekistonda yagona idoralararo integratsiyalashgan pensiya ta’minoti axborot tizimi joriy etiladi
24.02.2015
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekistonda “Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturi doirasida 2015-2017 yillar davomida O‘zbekistonda Yagona idoralararo integratsiyalashgan pensiya ta’minoti axborot tizimi joriy etiladi.

Mazkur yagona idoralararo integratsiyalashgan pensiya ta’minoti axborot tizimi pensiya jamg‘armasi faoliyatini statistik tahlil qilish, avtomatik tartibda zarur hisobotlarni shakllantirish, pensiya jamg‘armasi xarajatlari hisobini avtomatlashtirish imkonini beradi.

Shuningdek, loyihani amalga oshirishda keksa avlod vakillariga g‘amxo‘rlik va e’tiborni kuchaytirish, ularning hayot darajasi va sifatini ko‘tarish, pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish va ijtimoiy qo‘llab- quvvatlash, keksalar uchun davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada qulayliklarni shakllantirish uchun qonunchilikni yanada takomillashtirish va qulay tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq