O‘zbekistonda keksa fuqarolar uchun ixtisoslashtirilgan internet-portal yaratiladi
24.02.2015
Rukn: Internet.
Muallif: .

“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi doirasida keksa fuqarolar uchun «Elektron hukumat» axborot tizimiga integratsiyalashtirilgan, ixtisoslashtirilgan «Nuroniy.Net» internet-portalini yaratish nazarda tutilgan.

Mаzkur loyiha quyidagilarni nazarda tutadi:

  • portalning muvofiq bo‘limlariga tizimli ravishda yangilangan holda va keksa avlod vakillari uchun ijtimoiy tarmoq yaratish imkoniyati bilan keksalar, nafaqadagilarga taqdim etiladigan va amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa imtiyozlar, yangiliklar, maslahatlar hamda boshqa foydali hamda dolzarb axborotlarni joylashtirib borish;
  • Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining barcha hududiy bo‘linmalari «Muruvvat» uylari hamda keksalar uchun sanatoriyalar, madaniyat markazlari, aholi oromgohlari, axborot-resurs markazlarining ulanishi.

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Ta’lim vazirliklari, O‘MKHTM, «Nuroniy» va «Mahalla» jamg‘armalari, shuningdek, Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi bilan hamkorlikda  yangi portalga Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining barcha hududiy bo‘linmalari, «Muruvvat» uylari hamda keksalar uchun sanatoriyalar, madaniyat markazlari, aholi oromgohlari, axborot-resurs markazlarining ulanishi ta’minlanadi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq