«O‘zbekiston pochtasi» AJ tomonidan 1941-1945 yillardagi urush yakunlanganining 70 yilligiga bag‘ishlangan pochta markalari va konvertlar chiqariladi
24.02.2015
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining tarmoq dasturiga muvofiq, O‘zbekistonda “Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturi doirasida, «O‘zbekiston pochtasi» AJ tomonidan 1941-1945 yillardagi urush yakunlanganining 70 yilligiga, fashizm ustidan G‘alaba qozonilishiga munosib hissa qo‘shgan, o‘zbekistonliklarning qahramonligi va fidoyiligiga bag‘ishlangan pochta markalari va konvertlar chiqarish tashkil etiladi.

Maxsus esdalik konvertlari va pochta markalari 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash tadbirlari majmuasini tashkil etish va o‘tkazish nazarda tutilgan tarmoq dasturi doirasida joriy yil may oyidan muomalaga kiritiladi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq