Mehnati sharafli, natijasi xayrli
24.02.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Hafiza Salyahova.

meh_24_02_2014

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni, yurtimizda va dunyoda yuz berayotgan yangiliklar, voqea-hodisalarni tezkorlik bilan xalqqa yetkazishda, ma’naviyatni yuksaltirishda beqiyos ahamiyati bo‘lgan davriy matbuot obunasiga har bir pochtachining hissa qo‘shishi eng xayrli ishlardandir. “O‘zbekiston pochtasi” AJ Farg‘ona filialida o‘tgan yili ham davriy nashrlarga obuna rejasi ortig‘i bilan bajarilgan edi. 2014-yil obuna mavsumida ham ish to‘g‘ri va puxta tashkil etishga muvaffaq bo‘lindi. Filial boshqaruvi rahbarlari va mutaxassislarining birortasi ham bu ezgu ishdan chetda qolmadi.

Har biri o‘zining munosib hissasini qo‘shishga intildi. 2015-yil uchun 13 mlrd. 218 mln. so‘mlik davriy matbuotga obuna qilinib, reja ortig‘i bilan bajarildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan 2014-yildagidan sal kam 2 mlrd.ga ko‘p demakdir. Bu boradagi ishlar, ayniqsa, Farg‘ona, Qo‘qon shaharlari, Yaypan kabi pochta aloqa tarmoqlarida tahsinga sazovor bo‘ldi. Filialning bu boradagi ishlarida obuna bo‘limi boshlig‘i Gulnoraxon Raykenova hamda mutaxassis Asalxon Xalilova, Farg‘ona shahar PAT boshlig‘i Nasibaxon Tojiboyeva hamda xabarchilar Ziyodaxon Barakaboyeva va Shahzodaxon Jo‘rayeva, Qo‘qon shahar PAT boshlig‘i Muxsinjon Mirtojiyev va xabarchilar Shohidaxon Qosimova, Jahongir Madrahimov, Murodjon Ismoilov, Adhamjon Nosirov, Beshariq PAT boshlig‘i Hayotxon Po‘latova va xabarchi Dilshodjon Toshpo‘latov, Bag‘dod PAT boshlig‘i Shuhratjon Qambarov va xabarchilar Nusratillo Dadaboyev, Husanboy Dadaboyev kabilarning xizmatlari alohida ehtirom bilan tilga olsa arziydi.

meh_24_02_2014_1

No‘monjon Toshqo‘ziyev 2010-yildan buyon Yaypan pochta aloqa tarmog‘ini boshqarmoqda. G‘ayratlarda hikmat ko‘p. Yaypanliklar bu yilgi obuna mavsumida obuna rejasi ortig‘i bilan, ya’ni 1 mlrd. 0146 mln. so‘mga oshirib bajarildi. Obuna rejasi ham o‘z vaqtida, puxtalik bilan ado etildi. Kommunal to‘lovlar yig‘ish rejasi 121 foizga bajarilishiga erishildi. Kommunal to‘lovlarni yig‘ishda ham yaypanliklardan tajriba o‘rgansa arziydi. Har bir ishchi-xodim o‘ziga tegishli ishlarni vaqtida va puxta bajaradi. Tashkilotlar va muassasalar bilan hamkorlik namunali yo‘lga qo‘yilgan. Qolaversa, bu tarmoqda iqtisodchi Jamolxon Ahmadaliyev, obuna yo‘riqchisi Azimjon Dehqonov, pensiya bo‘limi boshlig‘i Lolaxon Imomnazarova, pochta xavfsizligi xodimi Sherali Boltaboyev, aloqa bo‘limlari boshliqlari Turobjon Akramov, Sharifjon Hikmatov hamda Sa’dullojon Dehqonov kabi bir-biridan fayzli insonlar mehnat qiladilar.

Yaqinda filial majlislar zalida bo‘lib o‘tgan obuna ishlari yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda filial direktori Shuhratjon Bo‘riyev ana shu pochta tarmoqlarida erishilgan yutuqlarga alohida to‘xtalar ekan, Yaypan pochta aloqa tarmog‘i faoliyatiga yuqori baho berdi. Ularning muvaffaqiyati — tuman hokimligi hamda hududdagi tashkilotlar bilan hamkorlikni risoladagiday yo‘lga qo‘ya olganliklarida va jamoada sog‘lom muhit barqaror ekanligidadir. Yaypan pochta aloqa tarmog‘i boshlig‘i No‘monjon Toshqo‘ziyev kadrlarning o‘z salohiyatini oshirib borishlariga, yaxshi ishlaganlarni, tashabbus ko‘rsatganlarni qo‘llab-quvvatlashga jiddiy ahamiyat qaratib kelayotgani ham o‘z mevasini bermoqda, — ta’kidladi direktor, — ko‘rinib turibdiki, qayerda adolat qonun-qoidalariga amal qilib ish yuritilsa, tarmoq va aloqa bo‘limlari binolari va hududlari ozoda va batartib bo‘lsa, o‘sha yerdan fayz-baraka aslo arimaydi. Qator shahar va tuman pochta aloqa tarmoqlari jamoalari ham yaypanliklar tajribasini o‘rganib, xulosalar chiqarib, o‘z tajribalarini boyitishsa, ayni muddao bo‘lardi.

Yig‘ilishda obuna mavsumida shijoat ko‘rsatganlar xodimlar rag‘batlantirishlari haqida ham to‘xtalib o‘tildi. Har jabhada yutuqlarga erishish, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi. Umuman, filial xodimlarining asosiy maqsadi — xalq ishonchini oqlashdan iborat. Barcha ezgu-harakatlarimiz aholiga yanada sifatli xizmat ko‘rsatishga qaratilgan.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq