«Elektron hukumat» O‘zbekistonda zamonaviy AKTdan keng foydalangan holda keksalarga taqdim etilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash bilan shug‘ullanadi
24.02.2015
Rukn: Internet.
Muallif: .

“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi doirasida, zamonaviy AKTdan keng foydalangan holda, «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish doirasida interaktiv davlat xizmatlari Yagona portali www.my.gov.uz orqali keksalarga taqdim etilayotgan quyidagi ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash nazarda tutilgan.

  • yolg‘iz va nogiron keksalar uchun uyida ijtimoiy xizmat ko‘rsatilishi uchun elektron ariza berish bo‘yicha interaktiv xizmatlar;
  • «Saxovat» internati va «Muruvvat» uylariga yolg‘iz va nogiron keksalarni joylashtirish uchun ariza berish, zarur hujjatlar ro‘yxatini elektron shaklda berish bo‘yicha interaktiv xizmatlar;
  • 1941-1945yillardagi urush va mehnat faxriylarini sanatoriya-kurort maskanlarida sog‘lomlashtirishning elektron hisobotini yuritish bo‘yicha dasturiy majmua;
  • nogiron shaxslarni protez-ortopedik mahsulotlar va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlanganligining hisobotini avtomatlashtirish bo‘yicha «Protez» maxsus axborot tizimlari.

Mаzkur loyihalarni amalga oshirish zamonaviy AKTdan keng foydalangan holda keksalar uchun ijtimoiy xizmatlarga ulanish qulayligini oshirish va sifatini yaxshilashni ta’minlaydi, shuningdek, keksalar va nogironlarning ijtimoiy infrastrukturalar obyektlari, sanatoriya-kurort davolash va sog‘lomlashtirish  maskanlariga borish, reabilitatsiya uchun texnik vositalarni olishda ochiqlik darajasini oshirish, ulanish jarayonlarini qisqartirishini ta’minlaydi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq