”Beeline” abonentlariga “ishtirok effektini” hadya qilmoqda
24.02.2015
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” 3G tarmog‘ida yuqori sifatli ovoz uzatish texnologiyasi joriy qilingani haqida e’lon qiladi. O‘tgan haftadan boshlab a’lo darajadagi tovushning yuksak sifatini kompaniyaning millionlab abonentlari baholay oldilar.

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning texnik direktori Yevgeniy Klyuchev shunday dedi: “Texnologiyalar oldi qadam bosmoqda, lekin bir narsa o‘zgarmay qoladi – abonentlarning ishonchli ovoz ulanishiga bo‘lgan ehtiyojlari. Shuning uchun aloqa sifati – bizning strategik omilimizdir, va “ishtirok effektining” joriy qilinishi ushbu yo‘nalishdagi bizning ulkan qadamimizdir. Bozor yetakchisidan aynan shunday loyihalarni abonentlar kutib qolishadi, va biz uning muvaffaqiyatli ishga tushirilganidan mamnunmiz”.

Telefon muloqoti chog‘ida “ishtirok effekti” bilan so‘zlashuvni yetkazib berish uchun AMR-WB (Adaptive Multi Rate Wideband – o‘zgaruvchan tezlikdagi keng polosali adaptiv kodlash) kodeki 50Gts’dan 7kGts diapozongacha bo‘lgan chastotadan foydalanadi.

Inovatsion yechim “Beeline”ning uchinchi avlod tarmog‘ida poytaxt, Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Andijon viloyatlari va Qo‘qon shahri hududidlarida amal qilmoqda. Yaqin haftalar ichida yangi texnologiyaning imtiyozlaridan O‘zbekistonning boshqa hududlari aholisi ham foydalana olishadi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq