1941 — 1945 yillardagi urush qatnashchilariga O‘zbekistonda oyiga mahalliy va shaharlararo qo‘ng‘iroqlar uchun 60 daqiqa bepul taqdim etiladi
24.02.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

beeline_8_05_2013_10

“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi doirasida 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilariga oyiga mahalliy va shaharlararo chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun abonentlik to‘lovisiz, bepul 60 daqiqa taqdim etiladi.

1941-1945 yillardagi urush qatnashchilariga muvofiq tarif rejalarni ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek, o‘rnatilgan tartibda ulanishni ta’minlash O‘zbekistondagi barcha mobil aloqa operatorlari va «O‘zbektelekom» AK zimmasiga yuklatilgan.

1941-1945yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash tadbirlari majmuasini tashkil etish va o‘tkazishda manzilli ijtimoiy himoya va keksa avlodni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish doirasida, eng avvalo, fashizm ustidan G‘alaba qozonilishi va Vatanimizning tiklanishiga munosib hissa qo‘shgan, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga, keksalar, birinchi navbatda, yolg‘iz nuroniylar va nogironlar, ijtimoiy va maishiy xizmat sohasida, taqdim etiladigan xizmat turlari ro‘yxatini kengaytirish maxallalar, «Nuroniy» jamg‘armasi, boshqa nodavlat tashkilotlari va ijtimoiy tuzilmalar tomonidan ularga beriladigan moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash ishlari miqyosini oshirish, ularning farovon va munosib hayotlarini ta’minlash nazarda tutilgan.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq