“Аloqa va axborotlashtirish sohasi tarixi va merosi jamoat fondi”ning 2014 yildagi faoliyati
23.02.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Ravshan Asqarov.

aloqa_23_02_2014

Ma’lumki, “Аloqa va axborotlashtirish sohasi tarixi va merosi jamoat fondi” tashkil etilgan kundan boshlab, aloqa sohasi tarixini, merosini, o‘tmishdagi hamda mustaqillik yillaridagi sohaning rivojlanish odimlarini o‘rganish va yoritish, aloqa sohasi muzeylarini tashkil etish, ularning faoliyatini ta’minlash kabi dolzarb vazifalarni amalga oshirib kelmoqda.

«Aloqa va axborotlashtirish sohasi tarixi va merosi jamoat fondi» 2014-yil 23-dekabrda 669-son bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida qayta ro‘yxatdan o‘tdi va o‘z faoliyatini tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar va Ustavida belgilangan maqsad va vazifalarga muvofiq yuritishda davom etmoq­da. Fondning asosiy maqsad va vazifalari:

  • O‘zbekistonda aloqa va axborotlashtirish sohasining yaratilish tarixini, rivojla­nishi va taraqqiyoti aks ettiruvchi muzeylari tashkil etish, ularni qo‘llab-quvvatlash, ushbu sohadagi bilim va tajribalarni keng ommaga yetkazish hamda soha fidoyilarini munosib taqdirlashga ko‘­maklashish;
  • mamlakatimizda pochta, telefon-tele­graf, radioaloqa, radioeshittirish va televi­deniye xizmatlarining tashkil etilishi, rivojlanishi, ularni boshqarish, aholiga xizmat ko‘rsatishda fidokorona mehnat qilgan fidoyilar xotirasini tiklash, soha rivojiga katta hissa qo‘shgan mutaxassis, fan namoyandalari — olimlar bilimi va tajribalarini keng ommaga yetkazish, shuningdek, milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorli­gini oshirish, soha rivojlanishining tari­xiy bosqichlari bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini muntazam olib borish;
  • kelajakda soha muzeyini tashkil etish, alohida korxonalar tarixini yaratish;
  • xalqaro turizm yo‘nalishi bo‘yicha chet ellik sayyohlarning soha muzeylariga tashrifini yo‘lga qo‘yish;
  • muzeylarni soha tarixiga oid muzeybop materiallar, hujjatlar, axborotlar, ma’lu­motlar, ko‘rgazmalar va eksponatlar bilan to‘ldirib borish;
  • muzeylarda saqlanib kelayotgan sohaga oid noyob va nodir eksponatlarni avaylab asrash, o‘rganish, boyitib borish va targ‘ib qilish;
  • fond tashabbusi va bevosita rahbarligida muzeylarda ilmiy asosda turli yo‘na­lishlarda ish olib borishni yo‘lga qo‘yish;
  • tizimdagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bilan ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar o‘tkazish borasida hamkorlik qilish va ustuvor yo‘nalishdagi ilmiy loyihalarni moliyalashtirishga ko‘mak­lashish;
  • sohaning bugungi va ertangi kuni haqida ta’riflar beruvchi materiallar, ko‘r­gazmalar va eksponatlar bilan boyitib borilishi uchun O‘zbekiston Respublika­sining nufuzli muzeylari, chet davlatlar­ning sohaga doir muzeylari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
  • Toshkent shahrida «Aloqa tarixi mu­zeyi»ning, Qoraqalpog‘iston Respubli­kasi hamda viloyatlarda filiallarini tashkil qilish va muzeybop materiallar, hujjatlar, axborotlar, ma’lumotlar, ko‘r­gazmalar va eksponatlar bilan to‘ldirib borish;
  • ta’sischilar va boshqa homiylarning ko‘­magida saqlanayotgan soha tarixiga oid muzeybop materiallar, hujjatlar, axborotlar, ma’lumotlar, ko‘rgazmalar va eksponatlarni targ‘ib qilish maqsadida turli tadbirlar tashkil etishdan iborat.

Fond Ustavda belgilangan maqsad va vazifalarning har bir bo‘limi bo‘yicha ish olib bormoqda. Xususan, Jamoat fondi tomonidan 2009-yilda Toshkentda «Aloqa tarixi muzeyi» tashkil etilgan. 2013-yilda esa Xiva shahridagi Aloqa muzeyini qayta ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Jamoat fondi Vasiylik kengashi­ning qarori bilan yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan vakolatxona va filiallar tashkil qilish huquqiga ega. Shunday ekan, 2015-yilda Jamoat fondining 3ta filialini tashkil etish ishlari amalga oshiriladi.

aloqa_23_02_2014_1

«Aloqa tarixi muzeyi»da saqlanayotgan eksponatlar soni esa 7100 donani tashkil etadi. «Aloqa tarixi muzeyi» qisqa vaqt ichida O‘zbekistonning nufuzli muzeylari qatoridan munosib o‘rin egallab, shu kungacha muzeyga tashrif buyuruvchilar soni 65 000dan ziyod kishini tashkil etdi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, muzeyning aso­siy yo‘nalishi hamda faoliyatini yosh avlodni kengroq qamrob olishga qaratilgan. Mazkur yo‘nalish doirasida umumiy ta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar bilan hamkorlikda o‘quv­chilarning muzeyga tashrifi yuzasidan ishlar olib borilmoqda hamda ular uchun keng qamrovli ma’ruzalar tashkil etilmoqda. Jamoat fondi hamda muzey xodimlari doimiy izlanishda bo‘lib, o‘z mehnatlari­ning natijasi sifatida har yili kamida uchta yangi ekspozitsiya tashkil etib, tashrif buyuruvchilar e’tiboriga havola etmoqdalar. O‘tgan 2014-yilda muzeyning anjumanlar zalida 40dan ortiq anjuman, taqdimot va yig‘ilishlar o‘tkazildi. O‘tkazilgan tadbir­larning aksariyati Respublikada kompyu­terlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli va keng formatli telekommunikatsiya aloqa vositalari hamda Internet tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha sohaga doir asosiy voqealarga bag‘ishlangan.

Jamoat fondi va muzey rahbariyati va mutaxassislari tomonidan 2014-yilda to‘rrta katta yangi ekspozitsiya tashkil etildi. Shu­ningdek, muzeyda tashkil etilgan kinozal muzeyga tashrif buyuruvchilarda 20dan ortiq Respublika hamda jahon muzeylariga vertual sayohatni amalga oshirish imkonini beradi. Jamoat fondi o‘z xarajatlarini Vasiylik kengashi raisi tomonidan tasdiqlangan smeta xarajatlari asosida amalga oshiradi va har chorak yakuni bo‘yicha Vasiylik kengashi a’zolariga bajarilgan ishlar, amalga oshirilgan chora-tadbirlar hamda sarflangan xarajatlar to‘g‘risida ma’lumot berib boradi.

aloqa_23_02_2014_2

«Aloqa va axborotlashtirish sohasi tarixi va merosi jamoat fondi» hamda «Aloqa tarixi muzeyi» faoliyatini amalga oshirish uchun 2014-yilda Jamoat fondining hisob raqamiga soha korxona va tashkilotlaridan homiylik moliyaviy yordam sifatida kelib tushgan — 346 000,0 ming so‘m mablag‘lar tasdiqlangan smeta xarajatlariga asosan:

  • «Aloqa va axborotlashtirish sohasi tarixi va merosi jamoat fondi» hamda «Aloqa tarixi muzeyi»ning faoliyatiga doir xarajatlariga (xodimlarning mehnatga haq to‘lash fondi, ish haqidan ushlangan ajratmalar, kommunal to‘lovlar, ijara haqi, bank va aloqa xizmatlari uchun to‘lovlar, xo‘jalik va boshqa xarajatlar);
  • muzey ta’minotiga;
  • soha muzeylarini rivojlantirish, takomil­lashtirish va ularning moddiy texnika ta’minotini yaxshilash maqsadlariga yo‘naltirilgan.

Barcha xarajatlar tasdiqlangan xarajat­lar smetasi doirasida amalga oshirilgan. «IMPULS AUDIT» MChJ tomonidan Jamoat fondi faoliyatini tekshirish mobaynida korxonaning barcha moliyaviy faoliyati tasdiqlangan ko‘rsatkichlar doirasida ekanligi qayd etildi. Ushbu samaradorlikni ushlab turish va uni yanada rivojlantirish maqsadida 2015-yil uchun ko‘plab rejalar tuzildi.

Jumladan:

  • muzeyning asosiy ekspozitsiya zalida «Ucell» kompaniyasi rahbariyati bilan kelishilgan holda yangi ekspozitsiya tashkil etish;
  • soha rivojiga katta hissa qo‘shgan rahbarlar, mehnat faxriylari, mutaxassis va fan namoyandalari xotirasini tiklash uchun tegishli ma’lumotlar bazasini yaratishni davom ettirish;
  • elektron televideniye asoschilaridan biri B. P. Grabovskiyga bag‘ishlangan eks­pozitsiyani yaratish;
  • mavjud «Bilayn» mobil aloqa operatori, AT «Aloqabank» va «Alskom» ekspozitsi­yalarini takomillashtirish;
  • Xivadagi Aloqa tarixi muzeyiga metodik yordam ko‘rsatib borish;
  • Aloqa tarixi muzeyi veb-saytida yangiliklar va tegishli materiallarni muntazam joylashtirib borish va boshqalardan iborat.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi boshchiligida muzeyda tashkil etiladigan anjuman, yig‘ilish va turli tadbirlarni yuqori saviyada o‘tishida barcha tashkiliy ishlarni amalga oshiradi. Jamoat fondi hamda «Aloqa tarixi muzeyi» faoliyati bilan Internet orqali www.aloqamuzeyi.uz saytida muzey bo‘ylab yaratilgan «Virtual tur» bilan tani­shish imkoniyati mavjud. Shu bilan birga, «Aloqa tarixi muzeyi» to‘g‘risidagi ma’lu­motlar, muzeyda o‘tkazilgan tadbirlar, o‘quv seminarlar, turli yo‘nalishlardagi yig‘ilishlar to‘g‘­risidagi yangiliklar ham saytga muntazam joylashtirilib borilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, soha taraqqiyotiga intilishda, avvalo, uning shakllanish tari­xini, bosib o‘tgan yo‘lini bilish zarur, tarixni bilmay turib, taraqqiyot istiqbolini tasavvur ham etib bo‘lmaydi. Shu boisdan, Jamoat fondi soha rivoji va takomillashuvi yo‘lida muhim ahamiyatga molik ishni amalga oshirmoqda.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq