Facebook’dagi “Beeline Club” sahifasida ““Beeline” Club va “Caffee’issimo”dan italyancha qahva” nomli tanlovi boshlanmoqda
19.02.2015
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” “Caffee’issimo” bilan hamkorlikda Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Beeline Club” sahifasining foydalanuvchilari uchun 20 fevral kuni tanlov e’lon qiladi.

beeline_19_02_2014

Tanlovda ishtirok etish uchun tanlov posti ostida ishtirokchilar qahvani naqadar sevib iste’mol qilishlari haqida original sharh qoldirishlari, o‘z sharhiga eng ko‘p “Like” bahosini to‘plashlari va o‘z sahifalarida “share” tugmasi orqali chop qilishlari zarur.

Tanlov 2015 yilning 20 fevralidan 27 fevraliga qadar (shu kun ham kiradi) o‘tkaziladi. Tanlovning barcha shartlarini bajargan va o‘z sharhi ostida eng ko‘p Like to‘plagan ishtirokchi g‘olib deb topiladi. Tanlov natijalari https://www.facebook.com/beelineclub sahifasida 27fevral juma kuni chop etiladi.

Batafsil ma‘lumot — https://www.facebook.com/beelineclub

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq