CLICK tizimi orqali XALQ SUG‘URTA kompaniyasining bir qator sug‘urta xizmatlariga to‘lash imkoni ochildi!
19.02.2015
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

CLICK kompaniyasi O‘zbekistondagi faol rivojlanib kelayotgan sug‘urta kompaniyalardan biri bo‘lgan XALQ SUG‘URTA agentligi bilan hamkorlikda turli sug‘urta xizmatlarga to‘lash imkoni ochilganini xabar qiladi.

click_19_02_2015

XALQ SUG‘URTA kompaniyasi bilan kelishuv natijasida CLICK tizimi orqali ushbu kompaniya taqdim qilib kelayotgan turli sug‘urta xizmatlariga to‘lash mumkin bo‘ldi. CLICK tizimining foydalanuvchilari uchun quyidagi sug‘urta xizmatlari mavjud:

    1. Mol-mulk sug‘urtasi;
    2. Transport vositalarining sug‘urtasi;
    3. To‘lov karta egasining kompleks sug‘urtasi;
    4. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligining majburiy sug‘urtasi.

Sug‘urta polislarini XALQ SUG‘URTA kompaniyasining saytidagi maxsus bo‘limda rasmiylashtirish mumkin. Buning uchun ushbu bo‘limdagi anketani to‘ldirib, kerakli summani plastik karta hisobidan CLICK tizimi orqali to‘lash lozim. Sug‘urta polisi mijozga qulay bo‘lgan manzilga O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab bepul eltib beriladi.

XALQ SUG‘URTA kompaniyasi bilan tushirilgan ushbu loyiha O‘zbekiston fuqarolarning bugungi hayotlariga axborot texnologiyalarning jadal suratlarda kirib kelayotganining va shu bilan birga, sug‘urta sohasining, qolaversa, butun elektron tijoratning rivojlanishidagi yangi imkoniyatlarning joriy qilinayotganining yaqqol dalolatidir.

“XALQ SUG‘URTA kompaniyasi bilan hamkorlikning ishga tushirilishi biz uchun juda muhim ahamiyatga ega. Sug‘urtalash bozori oxirgi paytlarda faol o‘sib kelmoqda. Shuning uchun mijozlarga zamonaviy va qulay yechimlarni taqdim qilish o‘ta muhim bo‘lib qolmoqda. Umid qilamizki, CLICK tizimi orqali, ya’ni foydalanuvchilarning istalgan paytida ushbu turdagi sug‘urta xizmatlariga to‘lash imkoni ochilgani ko‘plab mijozlarga ma’qul keladi” – deb ta’kidladi CLICK komaniyasining rahbari Rustamov Ulug‘bek.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq