“Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi palata muhokamasiga kiritilmoqda
17.02.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini maromiga yetkazish va Qonunchilik palatasining yalpi majlisiga kiritish masalasi ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlash joizki, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi mazkur Qonun loyihasini muhokama qilish yuzasidan Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalarning fraksiyalari, O‘zbekiston Ekologik harakati deputatlik guruhi, qo‘mitalar, Qonunchilik palatasi devonining yuridik bo‘limi hamda qonun loyihasi bo‘yicha tuzilgan ishchi guruhi bilan hamkorlikda faoliyat olib bormoqda.

Mazkur qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 16-sentabrdagi 1406-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Radiochastota spektridan foydalanish xavfsizligi va bararor ishlashini ta’minlash choralarining kompleks dasturi” ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan. Unda radiochastota spektridan foydalanishning monitoringi va nazoratini kuchaytirish bo‘yicha huquqiy, normativ-texnik va tashkiliy-texnik choralar nazarda tutilgan bo‘lib, u radiochastota spektridan foydalanishni nazorat qilish tizimlarini yanada takomillashtirish, teleradioefirda axborot xavfsizligini, shuningdek, respublika radioelektron vositalarining barqaror ishlashini ta’minlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, Qonun loyihasining qabul qilinishi radiochastota spektridan foydalanishning xavfsizlik sharoitlarini va samaradorligini ta’minlash, axborot uzatishda, shu jumladan, o‘ta muhim axborot muhitida – teleradioefirda axborot xavfsizligi darajasini oshirish imkonini beradi.

Mazkur Qonun loyihasini Qonunchilik palatasining yalpi majlisi kun tartibiga birinchi o‘qishda kiritish bo‘yicha Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalarning fraksiyalari, O‘zbekiston Ekologik harakati deputatlik guruhi, qo‘mitalar, Qonunchilik palatasi devonining yuridik bo‘limidan tegishli tartibda xulosalar olindi. Yig‘ilish yakunida masala yuzasidan qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq