“Beeline” Shri-Lankada rouming geografiyasini kengaytirmoqda
17.02.2015
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” ovozli-roumingning navbatdagi kengayishi haqida xabar beradi. “Etisalat” (Shri-Lanka) kompaniyasi bilan qo‘ng‘iroq va SMS xizmatlarini taqdim etish doirasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

beeline_17_02_2014

“Mijozlarimizga uyali muloqot uchun maksimal ravishda qulayliklar yaratish uchun biz roumingni turli yo‘nalishlar, shu qatorda turizm yo‘nalishi bo‘yicha ham kengaytirishda davom etmoqdamiz, – voqeani sharhlaydi “Unitel”ning texnik direktori Yevgeniy Klyuchev. – Bugungi kunda ushbu xushmanzara mamlakatda abonentlarimizni ishonchli aloqa bilan ta’minlovchi Shri-Lankadagi hamkorlar bilan “Beeline”ning rouming-kelishuvlari rivojlanib borayotgani haqida xabar berishdan mamnunmiz”.

Eslatib o‘tamiz, «Beeline» 2010 yildan beri O‘zbekistonda birinchi raqamli rouming-operator hisoblanadi. Kompaniya, shuningdek ovozli rouming (184 ta mamlakatda 483 ta operator), GPRS-rouming (156 ta mamlakatda 346 ta operator), 3G-rouming (147 ta mamlakatda 285 ta operator) va Camel-rouming (97 ta mamlakatda 209 ta operator) segmentlarida ham yetakchilik qiladi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq