“Beeline” onlayn-konsultanti yil davomida abonentlarning 160 mingdan ziyod murojaatlariga javob berdi
17.02.2015
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” abonent so‘rovlariga tezkorlik bilan xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan “Onlayn-konsultant” kommunikatsion kanal 2014 yilda 160 mingdan ziyod murojaatlarga xizmat ko‘rsatgani haqida habar beradi. Murojaatlarning asosiy mavzusi telefon sozlamalari, mobil internet, 3G, tarmoq xizmatlari, USB-modemlar va MMS xizmati haqida bo‘ldi.

beeline_17_02_2014_1

““Beeline” mazkur xizmatni O‘zbekistonning telekom-bozorida ilk bor 2011 yilda mijozlar bilan yangi muloqot kanali sifatida ishga tushirdi, — voqeani sharhlaydi Mijozlarga xizmat ko‘rsatish rahbari v.b. G‘ayrat Mahkamov. – Xizmatdan foydalangan abonentlarning qo‘ygan baholari orqali biz bu xizmatning samarali ekanini ko‘rishimiz mumkin. Har hafta onlayn-konsultant minglab murojaatlarni qabul qiladi, innovatsion texnologiyalar esa operator va abonent o‘rtasidagi muloqotni saqlab qolishga, va keyinchalik xizmat ko‘rsatish sifatini baholash va murojatlarning asosiy mavzularini bilib olishga imkon beradi”.

Chat ko‘rinishida yo‘lga qo‘yilgan “Onlayn-konsultant” xizmati, “Beeline” mijozlariga kompaniyaning korporativ saytida http://0611.beeline.uz/ havolasi orqali amal qiladi. Mazkur xizmatning boshqa xizmatlardan farqi call-markazi mutaxassisi abonentlardan elektron fayllar ko‘rinishidagi qayta aloqa olish imkonidir. Bu esa uskunalarni sozlash va kompaniya xizmatlari haqida vizual to‘liq ma’lumot olishga ko‘mak beradi. Bularning barchasi bu xizmatni abonentlar uchun eng qulay qilishga yordam beradi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq