“Jamiyat rivojida radioning o‘rni” mavzusida davra suhbati
13.02.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

naesmi_12_02_2015_1

2015-yilning 12-fevral kuni “13-fevral — Jahon radiosi kuni” arafasida “Bunyodkor” Yoshlar telekompleksi Onlayn trening markazida sanaga bag‘ishlangan “Jamiyat rivojida radioning o‘rni” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu kun ilk marta 2012-yilda nishonlangan bo‘lib, uni nishonlash haqidagi qaror 2011-yilda YUNESKO tomonidan qabul qilingan edi. Aynan 1946-yil 13-fevral kuni “BMT Radiosi” ilk bora o‘z efirini boshlagan edi.

Tadbir tashkilotchilari: O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Axborot markazi.

Davra suhbatida davlat va O‘zEOAVMAga a’zo nodavlat radiostansiyalar bosh muharrirlari, O‘zEOAVMA Radio Axborot Markazi xodimlari ishtirok etdi.

Davra suhbatidan ko‘zlangan asosiy maqsad — jamiyat rivoji, yoshlarning dunyoqarashini shakllantirish va mamlakat hayotida yuz berayotgan islohotlarning keng yoritilishida radioning o‘rnini muhokama qilishdan iboratdir.

Dasturdan telemunozara, savol va javob, shuningdek, O‘zbekistonda radio rivoji haqidagi film taqdimoti o‘rin olgan.Tadbir so‘nggida O‘zEOAVMA Radio Axborot Markazi radioloyihasining faol ishtirokchilarini mukofotlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mа’lumot uchun. O‘zEOAVMAga a’zo nodavlat radiostansiyalar o‘rtasida axborot almashinuvini jadallashtirish maqsadida nodavlat radiostansiyalar tashabbusi bilan 2012-yilda O‘zEOAVMA Radio Axborot Markazi tashkil etildi.

Markaz loyihasi o‘zida 11 ta nodavlat radiostansiyani birlashtirgan bo‘lib, uning doirasida har kuni 4ta axborot dasturi efirga chiqadi. Ular soat 12:00 va 14:00da bir vaqtda efirga uzatiluvchi «Region.uz» / «Hudud.uz» va 18:00 va 20:00da efirga chiquvchi «События страны, Итоги дня»/«Kun tafsiloti» eshitirishlaridir.

Loyiha nodavlat OAVni mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy, gumanitar rivojlanishga oid davlat dasturlarining, qonunchilik talablarining bajarilishida jamoat nazoratini kuchaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq