“Beeline” Farg‘ona viloyatida tarmoq qoplamini kengaytirmoqda
13.02.2015
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” Farg‘ona viloyati hududida aloqa kengayishi haqida xabar beradi.

beeline_13_02_2014

Qo‘shimcha uskunalarning o‘rnatilishi natijasida signal sifati quyidagi hududlarda yaxshilandi – Qo‘qon, Quvasoy, Marg‘ilon va Farg‘ona, shuningdek Farg‘ona viloyatining quyidagi ma’muriy tumanlarida:
— Oltiariq (Xamza, Katput, Povulg‘on, Yangiturmush qishloqlari);
— Bog‘dod (Kuyka, Samarqand, Chuvalanchi qishloqlari);
— Beshariq (Andarxon, Bo‘ston, Vorux, Kapa Yangi qishloqlari);
— Buvayda (Buvayda, Poshshopirim, Chirkay, Yangiqo‘rg‘on, Yangi Qishloq qishloqlari);
— Quvi (Badisht, Beshkapa, Garmdon, G‘ishtmon, Salim, Sufon qishloqlari);
— Rishton (Avazboy, Jalayer, Uyrat, Yoyilma qishloqlari);
— O‘zbekiston (Dasht Xasan, Dung, Islom, Qizil Qaqir, Nursux, Oqmasjid, O‘qchi qishloqlari);
— Uch ko‘prik (Qapaqo‘chqor, Poloxon qishloqlari);
-Farg‘ona (Vodil, Qo‘rg‘ontepa, Mindon, Novkent, Xonqiz, Chimyon, Shoxomardonobod);
— Furqat (Qo‘qonboy, Shiombek qishloqlari);
— Yozyovon (Qoratepa, Mingchinor, Chuyanobod qishloqlari).

“Kompaniya xizmatlarini yaxshilash – asosiy ustuvorliklarimizdan biridir, va 2014 yilda tarmoq hajmini kengaytirishga katta ahamiyat qaratdik, – deydi “Unitel”ning sharqiy Sharqiy hududiy filiali direktori Sanjarbek Iminov. – O‘zbekistonning telekom-bozorida yetakchiligimizni tasdiqlagan holda, mamlakatning bu hududini ishonchli aloqa bilan ta’minlashga katta e’tibor qaratamiz”.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq