Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali menejment tizimini sertifikatlashtirish uchun ariza yuborish va sertifikat olish
11.02.2015
Rukn: Internet.
Muallif: .

gov_11_02_2014

Tadbirkorlik subyektlari uchun qo‘shimcha imkoniyat va qulayliklar yaratish maqsadida, «O‘zstandart» Agentligi tomonidan yangi«Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali menejment tizimini sertifikatlashtirish uchun ariza yuborish va sertifikat olish» xizmati ishga tushirildi.

Bu xizmatning afzalligi, foydalanuvchi Yagona portalda ro‘yxatdan o‘tib, menejment tizimini sertifikatlashtirish bo‘yicha tashkilot — «O‘zstandart» Agentligining O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot institutiga (SMSITI) ariza yuborishi va sertifikat olishi mumkin.

Menejment tizimi sertifikatini olish jarayoni 2 bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda ariza beruvchi elektron shakldagi arizani to‘ldiradi va 3 kun ichida tegishli shartnoma loyihasini oladi. Ikkinchi bosqichda ariza beruvchi imzolangan shartnomaga asosan to‘lovni amalga oshirishi bilan birgalikda menejment tizimini sertifikatlash organi tomonidan audit o‘tkazilgandan so‘ng menejment tizimi sertifikatini qo‘lga kiritadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq