Samarqand davlat tibbiyot instituti saytini yaratgan mas’ul xodim Fazliddin Temirov bilan suhbat
10.02.2015
Rukn: Intervyu.
Muallif: .

Аna shunday sayt tizimini yaratgan Samarqand davlat tibbiyot instituti ayni paytda oliy ta’lim muassasalari reytingida yuqori o‘rinlarni egallab turishi, har kuni saytga kirayotgan foydalanuvchilar sonining ko‘pligi, www.uz saytining top-reytingida oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni egallab turgani va bu natijaga qanday erishgani barchani qiziqtiradi.

Mutaxassislarning boy tajribalari bilan o‘rtoqlashish maqsadida Samarqand davlat tibbiyot instituti saytini yaratgan mas’ul xodim Fazliddin Temirovga quyidagi savollar bilan murojaat etdik:

sam_9_02_2015

OTM saytlari reytingi peshqadamlaridan biridan savollarimizga javob oldik.

Qаncha odam ushbu sayt bilan shug‘ullanadi? Bir-biriga qo‘mak berish orqalimi? Ularning vazifasi qanday taqsimlab berilgan?

Mazkur yaratilgan saytda olti nafar kishi faoliyat yuritadi. Bu vazifani ular bir-birlariga ko‘mak bergan holatda amalga oshiradilar. Har bir mas’ul xodimlarga vazifasi taqsimlab berilgan: dasturchilar ikki nafar, ma’lumotni tayyorlovchilar uch kishidan iborat. Dasturchilar ma’lumotlarni saytga joylashtirib berishsa, o‘zbek, rus va ingliz tili mutaxassislari yangilik va axborotlarni tayyorlab, ma’lumotni saytga quyishga ruxsat beradigan matbuot markazi rahbariga topshiradilar.

Ba’zi bir bo‘lim saytlari to‘liq emas, ularni to‘ldirib borasizlarmi yoki bu sayt dolzarb emasmi?
Saytning ba’zi bo‘limlari to‘ldirilmaganligining sababi 2014-yildan buyon saytimizning strukturasi va dizayni ishi bo‘yicha uch marotaba o‘zgartirish kiritirildi. Hozirgi ko‘rinishi bu to‘liq sayt ko‘rinishi hisoblanib, galdagi vazifamiz sayt bo‘limlarini to‘ldirib borishdir. Bugungi kunda saytni yanada rivojlantirish bo‘yicha ish olib borilyapti.

Eng ommabop eng ko‘p kiruvchilar bo‘limi — MOODLE masofaviy ta’lim tizimidir. Bu qanday tizim? Nima uchun u ommabop? Undan qanday foydalanish mumkin yoxud saytdan osongina ro‘yxatdan o‘tish orqalimi? Xavfsizligi qanday ta’minlanadi va ro‘yxatdan o‘tish-chi?

MOODLE —bu masofaviy o‘qitish tizimi bo‘lib, undan faqat institutimiz xodimlari va professor-o‘qituvchilar, ta’lim olayotgan bakalavr, magistr va ordinatorlar foydalanishi mumkin, chunki ular o‘z login va paroliga ega. Ular mazkur bo‘limga kirib, o‘z mutaxassisliklari va o‘quv materiallari bo‘yicha referat, kurs ishi, o‘quv darsliklardan foydalanadilar. MOODLE dan erkin ro‘yxatdan o‘tish saytimizda mavjud emas. MOODLE tizimidan talabalar internet mavjud joylarda bugungi va ertangi darslariga erkin tayyorlanishi uchun barcha ma’lumotlar yetarli. Mazkur tizim shunday himoyalanganki, unda foydalanuvchi hech qanday ma’lumotni ko‘chira olish imkoniyati yo‘q.

sam_9_02_2015_1

Intranet tarmog‘i qanday imkoniyatlarni beradi? Yaratuvchisi kim? Kimlar foydalanadi, qanchalik u ommabop?

Intranettizimi bakalavr, magistratura va ordinatura bitiruvchi kurslarning yakuniy davlat attestatsiyasiga tayyorlanish uchun mo‘ljallangan tizim hisoblanadi. Saytimizning yuqori o‘ng burchagida MOODLE va Intranet ma’lumotlar bazasida mavjud resurslar soni hamda hajmi keltirilgan.

Rus va o‘zbek tili talqinidagi saytlar — kontent bo‘yicha aynan o‘xshashmi? Bunga qanday erishiladi? Kim matnlarni tarjima qiladi? Qaysi tilda manbasi yaratiladi?

Saytimiz uch tilda: o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi ma’lumotlar bilan boyitib boriladi. Ammo ular kontent bo‘yicha bir xil emas. Ma’lumot tayyorlanishi qaysi tilda yaratilishiga bog‘liq va har bir til uchun javobgar shaxslar biriktirildi. Masalan, Ma’naviyat bo‘limi, matbuot markazi — o‘zbek tilida. xalqaro aloqalar bo‘limi va o‘quv bo‘limi rus tilidagi ma’lumotlarni bizga taqdim etadilar.

Sayt galereyasi bo‘m-bo‘sh, u kerakmi o‘zi?

Аlbatta sayt galereyasi kerak, chunki foydalanuvchilar kirganda galereyaga qarab qaysi bo‘limlar mavjudligini anglab olishadi va ma’lumotlar bazasidan foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ayni paytda galereyani boyitish bo‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Bir hafta ichida galereya ko‘rinishi yanada yaxshilanadi.

Yangiliklarni kim tahrirlaydi va nashr etadi?

Saytga joylashtirilayotgan yangilik va axborotlarni matbuot markazining mas’ul xodimlari tahrirlashadi, so‘ng dasturchilarga joylashtirishga beriladi.

Аbituryentlar uchun yaratilgan test bo‘limiga kirganda xatolikni keltirib chiqarmoqda – bu vaqtinchalikmi yo hali ishga tushirilmaganmi?

Аbituryentlar uchun yaratilgan online test havolasi vaqtinchalik ishlamay qolgan edi. Ayni vaqtda uni Intranet tizimiga o‘tkazish bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Boshqa OTM saytlari egalariga, muharrirlariga va olib boruvchilarga saytni to‘g‘ri ishga tushirish uchun qanday maslahat bergan bo‘lardingiz?

Barcha oliy ta’lim muassasalarining sayt yaratuvchilari va ushbu sayt bo‘yicha faoliyat yuritayotganlar, avvalambor, dizayniga va unga qo‘yilayotgan yangiliklarning mazmun va mohiyatiga e’tibor qaratishlari lozim. MOODLE – masofaviy o‘qitish tizimini ishlatish va o‘quv resurslarini talabalar uchun to‘g‘ri va qulay joylashtirishda albatta bir necha administrator hamda barcha dekanat va kafedralardan bir moderator ajratishlari kerak bo‘ladi. Barcha moderatorlar o‘zlari joylashtirayotgan ma’lumotlar uchun javobgar shaxs sanaladi.

Savollar muallifi: Ostonov B.Sh.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq