“Beeline Club” Facebook tarmog‘idagi sahifasida “vPodarok.uzdan taassurotlar kuni” tanlovi natijalarini sarhisob qildi
09.02.2015
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” vPodarok.uz kompaniyasi bilan hamkorlikda “Beeline Club” sahifasining foydalanuvchilari uchun tanlov natijalarini sarhisob qildi.

Tanlov 2015 yilning 2 fevralidan 6 fevraliga qadar o‘tkazildi. G‘olib ommabop random.org saytida tasodifiy raqamlar generatori yordamida aniqlandi. Natijalarning skrinshoti https://www.facebook.com/beelineclub sahifasida 6 fevral juma kuni chop etildi.

beeline_9_02_2014

Birinchi o‘rin uchun sovrin – “vPodarok.uz bilan bir kun” sovrinli sertifikatini Nilufar Xoljigitova qo‘lga kiritdi. U bir kun mobaynida bir necha xizmatlardan foydalanishi mumkin: SPA-taomillari, bouling va restoranda ikki kishilik tushlik va karaoke.

Karina Nurmanova ikkinchi o’rinni egalladi va “Multi Silver” dasturiga kiradigan sovg‘alardan birini www.vpodarok.uz saytida tanlash imkoniga ega bo‘ldi.

Artyom Islamov uchinchi o‘rin sohibiga aylandi va “Multi XL” dasturiga kiradigan sovg‘alardan birini www.vpodarok.uz saytida tanlash imkoniga ega bo‘ldi.

Facebook‘dagi “Beeline Club” sahifasi “Beeline” kompaniyasining shu nomli yirik loyihasiga bag‘ishlangan bo‘lib, uning doirasida har bir abonent yig‘ilgan ballarini imtiyozlar kartasiga almashtirishi mumkin. Buning uchun “Beeline” xizmatlaridan foydalanish evaziga ballarni to‘plashga imkoniyat beradigan maxsus bepul xizmatni yoqishning o‘zi kifoya. 1500 ball evaziga “Gold” kartasi, 3000 ball evaziga esa “Platinum” kartasini qo‘lga kiritish mumkin.

“Beeline”ning “Beeline Club”ga a’zo bo‘lgan abonentlari Andijon, Buxoro, Jizzax, Qarshi, Qo‘qon, Navoiy, Namangan, Nukus, Samarkand, Toshkent, Termiz va Farg‘ona shaharlaridagi yuzlab restoran va savdo nuqtalaridan imtiyozli foydalanishlari mumkin.

Batafsil ma‘lumot — https://www.facebook.com/beelineclub sahifasida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq