“Beeline” “Innovatsiya” aksiyasi g‘oliblarini xonadonlar bilan mukofatladi
06.02.2015
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” respublikaning 6ta mintaqasining g’oliblariga 2014 yildagi “Innovatsiya” aksiyasining supersovrinlarini olish uchun sertifikatlar topshirdi. Tantanali mukofotlash marosimi “City Palace” mehmonxonasida milliy matbuot-anjumani doirasida bo‘lib o‘tdi.

beeline_6_02_2014

O‘nlab OAV vakillari ishtirokida “Unitel”ning tijorat direktori Maksim Yefremov ularni yutuq bilan tabrikladi va sovg‘a sertifikatlarini topshirdi.

““Innovatsiya” aksiyasi mamlakatimiz uchun noyob loyiha sifatida o‘ylab chiqilgan edi, va bugun biz buni uddaladik deb g‘urur bilan aytishimiz mumkin, – belgiladi Maksim Yefremov. – “Beeline” O‘zbekiston telekom sohasining yetakchisi sifatida mijozlarning umidlarini doimo oqlashi va tilaklarini avvaldan bilib amalga oshirishi lozim: bu eng oldi texnologiyalardan tortib keng miqyosli sovrinli aksiyalargacha tegishlidir. Shuning uchun 2015 yilda abonentlarimizni ko‘p yoqimli yangiliklar kutmoqda”.

beeline_6_02_2014_1

Yarim yil mobaynida xonadon sohiblari sifatida quyidagi g‘oliblar e’lon qilindi: Bexzod Xasanov (Toshkent viloyati), Abduqodir Mirkomilov (Namangan viloyati), Shuhrat Otaboyev (Andijon viloyati), Doston Ubaydullayev (Qashqadaryo viloyati), Shavkat Bozorov (Farg‘ona viloyati) va Jumanbek Xudayberganov (Qoraqalpog‘iston viloyati). Shu bilan bir qatorda aksiyaning 14 ishtirokchisi 2 million so‘m miqdoridagi pul sovrinlari, va yana 144ta baxtli abonent 1 million so‘mlik sovrinlarga ega bo‘ldilar.

beeline_6_02_2014_2

Eslatib o‘tamiz, “Innovatsiya” aksiyasi 2014 yilning 30 iyunidan 27 dekabriga qadar davom etgan bo‘lib, sovrinlar har oy davomida “Yoshlar” telekanalining jonli efirida o‘z egalarini topdilar. G‘oliblar telestudiyaga qo‘ng‘iroq qilib tushgan abonentlar yordamida tasodifiy tanlov natijasida aniqlangan.

Tafsilotlar www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq