Soliqlarni to‘lash yanada osonlashdi
05.02.2015
Rukn: Internet.
Muallif: .

card_5_02_2014_8

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda tadbirkorlik subyektlari va fuqarolarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, joriy yildan boshlab soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni bankka bormasdan “Click” va “Mbank” to‘lov tizimlari yordamida mobil telefon yoki internet orqali onlayn rejimida to‘lash imkoniyati yaratildi.

Ushbu to‘lov tizimlaridan foydalanish fuqarolar uchun bepul va amalga oshirilgan to‘lovlar uchun komission to‘lov olinmaydi. Shuningdek, to‘langan soliqlar haqidagi ma’lumotlar soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalariga avtomatik ravishda qayd qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasidagi barcha tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan Online-UZCARD plastik kartalarini saqlovchilar kartaga xizmat ko‘rsatuvchi bankda yoki xohlagan bankomat hamda infokioskada UZCARD SMS-xabarnoma xizmatini o‘z mobil telefonlariga ulatishlari mumkin.

Shundan keyin, quyidagi bepul USSD so‘rovini SMS-xabarnoma ulangan mobil telefonidan yuborish orqali Online-UZCARD plastik kartani tizimga ulash lozim bo‘ladi. *880*0*karta raqami*amal qilish muddati#, bunda, karta raqami – bu plastik kartaning raqami (kartaning o‘zida ko‘rsatilgan) (16 ta raqamdan iborat);

Amal qilish muddati – kartaning amal qilish muddati tugaydigan sana (kartada ko‘rsatilgan) (4 ta raqamdan iborat, masalan 1216). Undan keyin, PIN-kod o‘rnatish lozim. Ushbu kod kelgusida plastik kartangizdan amalga oshiriladigan to‘lovlarni tasdiqlash uchun kerak bo‘ladi.

card_5_02_2014

«Click.uz» tizimi orqali soliq to‘lovlarini amalga oshirish tartibi quyidagicha

card_5_02_2014_1

card_5_02_2014_2

«MBANK» tizimi orqali soliq to‘lovlarini amalga oshirish tartibi quyidagicha

card_5_02_2014_3 card_5_02_2014_4

card_5_02_2014_5 card_5_02_2014_6

card_5_02_2014_7

Ushbu tizimlardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni www.click.uz va www.mbank.uz saytlari orqali ham olish mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq