Soliq hisobotini topshirishda jismoniy shaxs sifatida olingan elektron raqamli imzodan foydalanish imkoniyati yaratildi
05.02.2015
Rukn: Internet.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 4 dekabrdagi «Soliq va byudjet siyosatining 2015 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-379-sonli qonuniga muvofiq Soliq kodeksining 46 ta moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Xususan, Soliq kodeksining 45-moddasi quyidagi mazmun bilan to‘ldirildi: «Tadbirkorlik subyektlari soliq hisobotini telekommunikatsiya kanallari orqali elektron hujjat tarzda taqdim etadi».

Bu boradagi ishlarni takomillashtirish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi Yangi texnologiyalar ilmiy axborot markazi bilan hamkorlikda barcha soliq to‘lovchilarni elektron raqamli imzo bilan ta’minlash yuzasidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, korxona hisobvarag‘ida mablag‘i bo‘lmagan, Soliq kodeksining 96-moddasiga asosan davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq to‘lovchining banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalari, tijorat banklari tomonidan hisobvaraqlari to‘xtatilgan yoki band solingan hollarda korxona rahbarlarining jismoniy shaxs sifatida olingan elektron raqamli imzosidan foydalangan holda soliq hisobotlarini elektron ko‘rinishda yuborish imkoniyati yaratildi.

Jismoniy shaxslarning (korxona rahbari) elektron raqamli imzosini olish naqd pul o‘tkazish yoki «Click» to‘lov tizimi orqali pul o‘tkazish yo‘li bilan olishlari mumkin. Eslatib o‘tish joiz, «Click» to‘lov tizimi orqali pul o‘tkazish tartibi Davlat soliq qo‘mitasining e-hisobot.uz va soliq.uz saytlari orqali soliq to‘lovchilarga yetkazilgan.

Shuningdek, soliq to‘lovchilarga yaratilayotgan barcha yangiliklar va ushbu tizim orqali soliq hisobotlarini elektron ko‘rinishda taqdim etish yuzasidan ma’lumotlar Davlat soliq qo‘mitasining soliq.uz saytining «Yangiliklar» va «E’lonlar» bo‘limida ma’lumotlar joylashtirib borilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Muallif: O.Nabiyev, Yuridik shaxslarga soliq solish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq