“Beeline” kompaniyasining yangi Bosh direktori abonentlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish an’anasini davom ettiradi
05.02.2015
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

2015 yil 5 fevral, Toshkent. Eng yirik aloqa operatori “Beeline” 2014 yilning may oyida ochilgan bosh direktorning shaxsiy elektron qutisi GD@beeline.uz to‘xtovsiz ravishda abonentlarning savol va takliflarini qabul qilishda davom etmoqda. 2015 yilning fevral oyidan barcha maktublarga “Unitel” MChJ yangi Bosh direktori Vladimir Petrov javob bermoqda.

beeline_5_02_2014_1

“Beeline‘ning asosiy prinsiplari bo‘lmish ishonchlilik va ochiq-oydinlikdan dalolat beruvchi mazkur an’anani katta qiziqish bilan davom ettiraman, – voqeani sharhaydi Vladimir Petrov. – Ishonaman, maktublar bilan tezlik bilan almasha olish imkoniyatga ega bo‘lgan elektron manzil, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish uchun muhim kanal hisoblanadi. Chunki ba’zi abonentlar uchun o‘z fikr va tilaklarini aynan bosh rahbarga yetkazish juda muhim”.

Eslatib o‘tamiz, GD@beeline.uz elektron manzili doimiy ravishda faoliyat yuritadi, kompaniya yozuvlarning mahfiyligini kafolatlaydi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq