vPodarok.uz kompaniyasidan mega-sovrinlar Facebook‘dagi “Beeline Club” sahifasida o‘ynaladi
30.01.2015
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” vPodarok.uz kompaniyasi bilan hamkorlikda “Beeline Club” sahifasining foydalanuvchilari uchun tanlov e’lon qiladi.

beeline_30_01_2015

Birinchi o‘rin uchun sovrin – “vPodarok.uz bilan bir kun” sovrinli sertifikati. Uni qo‘lga kiritgan g‘olib bir kun mobaynida bir necha xizmatlardan foydalanishi mumkin: SPA-taomillari, bouling va restoranda ikki kishilik tushlik va karaoke.

2 o‘rin – “Multi Silver”. dasturiga kiradigan sovg‘alardan birini tanlash imkoni.
3 o‘rin – “Multi XL” dasturiga kiradigan sovg‘alardan birini tanlash imkoni.

“Multi Silver” va “Multi XL” dasturlari haqida batafsil ma’lumot www.vpodarok.uz saytida.

Tanlovda ishtirok etish uchun “Beeline Club” sahifasiga a’zo bo‘lish (“Like” bosish), tanlov haqidagi yangilikga “Like” qo‘yish, o‘z sahifasida “share” tugmasi orqali chop qilish va post ostida sharh tarzida “vPodarok.uz’dan mega sovrinlar “Beeline Club” sahifasida” deb yozish lozim.

Tanlov 2015 yilning 2 fevralidan 6 fevraliga qadar (shu kun ham kiradi) o‘tkaziladi. G‘olib ommabop random.org saytida tasodifiy raqamlar generatori yordamida aniqlanadi. Natijalarning skrinshoti https://www.facebook.com/beelineclub sahifasida 6 fevral juma kuni chop etiladi.

Facebook‘dagi “Beeline Club” sahifasi “Beeline” kompaniyasining shu nomli yirik loyihasiga bag‘ishlangan bo‘lib, uning doirasida har bir abonent yig‘ilgan ballarini imtiyozlar kartasiga almashtirishi mumkin. Buning uchun “Beeline” xizmatlaridan foydalanish evaziga ballarni to‘plashga imkoniyat beradigan maxsus bepul xizmatni yoqishning o‘zi kifoya. 1500 ball evaziga “Gold” kartasi, 3000 ball evaziga esa “Platinum” kartasini qo‘lga kiritish mumkin.

“Beeline”ning “Beeline Club”ga a’zo bo‘lgan abonentlari Andijon, Buxoro, Jizzax, Qarshi, Qo‘qon, Navoiy, Namangan, Nukus, Samarkand, Toshkent, Termiz va Farg‘ona shaharlaridagi yuzlab restoran va savdo nuqtalaridan imtiyozli foydalanishlari mumkin.

Batafsil ma‘lumot — https://www.facebook.com/beelineclub va https://www.facebook.com/vPodarok.uz?fref=ts sahifalarida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq