“Toshshaxartransxizmat” AK avtokorxonalarida GPS-trekerlari va GPS/GSM-antennalari o‘rnatildi
28.01.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

avto_28_01_2015

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 9 oktyabrdagi 2048-sonli “Toshkent shaharida yo‘lovchi tashish transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, hamda Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 13 noyabrdagi 308-sonli “Shahar yo‘lovchi tashish transporti tizimini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarida ko‘rsatib o‘tilgan navigatsiya tizimlarini joriy etishni va transport vositalari haydovchilarini aloqa vositalari bilan ta‘minlashni hisobga olgan holda xarakatlanadigan tarkibning harakatini uzoqdan turib on-layn ravishda nazorat qilish tizimi (GPS) joriy etish, belgilangan.

avto_28_01_2015_1

2 500 komplekt GPS-trekerlari va GPS/GSM-antennalar sotib olishni moliyalashtirish “Oriyent finans” bankining 1,1 mlrd.so‘mlik krediti hisobiga amalga oshirildi.

— 1-bosqichda “Toshavtota‘mirxizmat” UK va “Uzprommashimpeks” DAK o‘rtasida tuzilgan 300/2014IM-55-sonli komissiya shartnomasi hamda “Meitrack Group” kompaniyasi (XXR) bilan tuzilgan import shartnomaga asosan 126,8 mln.so‘mlik 300 komplekt GPS-trekerlari xarid qilindi.

avto_28_01_2015_2

— 2-bosqichda “Uzprommashimpeks” DAK va “Meitrack Group” kompaniyasi bilan 2 200 komplekt GPS-trekerlar xarid qilindi.

Bugungi kunda jami 127 ta yo‘nalishlarning 1 378ta avtobuslariga GPS-trekerlari va GPS/GSM-antennalari o‘rnatildi.

avto_28_01_2015_3

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq