Koreya AT ko‘ngillilarining TATU ga tashrifi
28.01.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

2015 yil 26 yanvar kuni TATU da, Toshkent axborot texnologiyalari kasb — hunar kolleji, Toshkent aloqa kasb – hunar kolleji va Quyi Chirchiq transport va servis kasb – hunar kolleji talabalari uchun “Android operatsion tizimi uchun ilova ishlab chiqish” mavzusida Koreya milliy transport universiteti ko‘ngillilari ishtrokida o‘quv trening- seminarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida TATU rektori X. Muhitdinov, Koreya delegatsiyasi boshlig‘i prof. Ryumduck Oh nutqi bilan ishtrok etishdi.

tuit_28_01_2015

Android Google kompaniyasi ishlab chiqgan mobil operatsion tizimi hisoblanadi. Bu smarfon va mobil qurilmalarga ochiq platforma bo‘lib, bu o‘quv trening seminar talabalarga yangi bilim, ba’zilarga bu sohadagi bilimlarini mustahkamlashga imkon beradi. O‘quv seminari nafaqat TATU talabalari uchun, balki axborot va telekommunikatsion texnalogiyalar kasb — hunar kollejlari talabalari uchun ham dolzarbdir.

tuit_28_01_2015_1

Kelishilgan dastur bo‘yicha o‘quv trening-seminar 10 fevralgacha davom etadi va unda TATU va 3 ta kollejdan 40 ta, 9 ta talaba KMTU dan ishtirok etadi. 6-fevral kuni ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlar yarmarkasi tashkil qilinadi va muvofaqqiyatli qatnashgan talabalarga sertifikat va sovg‘alar topshiriladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq