“Beeline O‘zbekiston”ning Twitterdagi sahifasiga 20 000dan ortiq kishi obuna bo‘ldi
28.01.2015
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) “Beeline O‘zbekiston”ning rasmiy Twitter sahifasiga 20 000-foydalanuvchi obuna bo‘lgani haqida xabar beradi.

beeline_28_01_2014

“Ijtimoiy tarmoqlar – abonentlar bilan muloqot qilish uchun muhim kanaldir, ular yordamida ko‘p sonli insonlar bilan o‘z vaqtida qayta aloqani ta’minlash, tezkor va qisqa tarzda ma’lumotni yetkazish imkoni paydo bo‘ladi. Bu yerda abonentlar o‘z savollariga javob oladilar, o‘z fikrlari bilan bo‘lishadilar va tilaklarini bildiradilar. Biz esa o‘z navbatida kerakli mutaxassislarni jalb etgan holda ularga javob beramiz”, – deydi “Unitel” MChJ matbuot kotibi Rezida Erdman

2011 yildan beri “Beeline O‘zbekiston” www.facebook.com statistikasini olib boruvchi www.socialbakers.com obro‘li halqaro portali tomonidan birinchi raqamli Facebook-brendi deb tan olingan. 2013 yildan beri “Beeline O‘zbekiston” www.odnoklassniki.ru saytida obunachilar soni bo‘yicha birinchi raqamli operator hisoblanadi.

Eng yirik aloqа operatorining rasmiy Twitter-sahifasi obunachilarni kompaniya va soha yangiliklari haqida darhol xabardor qilishga, muloqot qilishga, abonentlardan so‘rovlarni qabul qilishga va tanlovlarda ishtirok etishga yordam beradi.

Tafsilotlar http://www.twitter.com/beeline_uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq