”Beeline”ning Markaziy ofisida “Zo‘r-Zo‘r Selfie” tanlovini g‘oliblarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
27.01.2015
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” “Darakchi Plus” haftalik gazetasi bilan birgalikda 2014 yilning 9 oktyabr kuni boshlangan Odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmog‘idagi eng ommabop “Zo‘r-Zo‘r Selfie” tanlovini g‘oliblarining tadirlash marosimini o‘tkazdilar.

beeline_27_01_2015

beeline_27_01_2015_1

Bosh sovrin – LCD-televizor – I o‘rin sohibi Jasur Qodirovga topshirildi.
II o‘rin uchun sovrin – Samsung Galaxy Note plansheti bilan Jahongir Sayfullayev taqdirlandi.
III o‘rin uchun sovrin – Galaxy SIII smartfoni bilan Nodirjon Mansurov taqdirlandi.

“Men Odnoklassniki tarmog‘idagi “Beeline O‘zbekiston” sahifasiga obuna bo‘lganman, u yerda o‘tkaziladigan barcha tanlovlarda ishtirok etaman va yangiliklarni kuzatib boraman. “Beeline” bizga nafaqat ishochli aloqa, internet va innovatsiyalarni taqdim etayotgani va shunday tanlovlar o‘tkazayotganidan ham mamnunman”, — voqeani sharhlaydi tanlov g‘olibi, Toshkent davlat iqtisod universiteti I kurs talabasi Jasur Qodirov.

Eslatib o‘tamiz, Odnoklassniki.ru tarmog‘ida ro‘yhatdan o‘tib, “Beeline O‘zbekiston”ning rasmiy sahifasiga qo‘shilgan har bir foydalanuvchi tanlov ishtirokchisiga aylanishi mumkin edi. Har payshanba kuni ishtirokchilar “Darakchi Plus” gazetasining yangi soni bilan bir dona noyob selfi qilishlari lozim edi. Har hafta selfi joylashtirgan, ayniqsa berilgan ovozlar bo‘yicha hafta mobaynida yetakchilik qilgan ishtirokchilar tanlovda g‘olib bo‘lish imkonini sezilarli darajada oshirdilar. 2015 yilning 9 yanvar kuni ovoz berish yopiq deb e’lon qilindi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq