«UzReport TV» telekanali o‘z dizaynini yangilamoqda
23.01.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

uz_23_01_2015

«UzReport TV» axborot-tahliliy telekanali o‘z dizaynini yangilamoqda. 2015 yilning 22 yanvaridan boshlab teletomoshabinlar kanalda «Yangiliklar satri»ning yangilangan ko‘rinishi, shuningdek, «Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar», «Valyuta kurslari», «Ob-havo» singari imidj va axborot zastavkalari va telekanal dizaynining boshqa yangi elementlariga guvoh bo‘ldilar.

«Shuningdek biz «7/24» axborot teleko‘rsatuvining identifikatsion plashkalari va rang majmuini ham yangiladik. Bunda zamonaviy informatsion telekanallar qiyofasi, kanalimizning o‘ziga xos jihatlari, xususan, kun mobaynida yangilanib boruvchi yangiliklar, ko‘rsatuvimizning tezkorligi ortib borayotganligi, va, albatta, teletomoshabinlarimizga ko‘rinishi yoqimli va zamonaviy televizon kontent taqdim etish maqsadi kabi jihatlar hisobga olindi», — deydi «UzReport TV» telekanali bosh rejissori Aziz Nabixonov.

Bundan tashqari, Aziz Nabixonovning aytishicha, dasturlararo teleko‘rsatuvlar va telekanalning hujjatli filmlar yaratuvchi ijodiy guruhi tomonidan tayyorlanadigan filmlarga ham yangi imidj uslubi tatbiq etiladi.

Ma’lumki, oq rang ochiqlik va pozitiv timsolidir. Metallik kulrang esa yuqori salohiyat belgisi hisoblanadi. Ushbu ranglar uyg‘unligi tomoshabinga, mazkur kanal haqiqatan ham o‘z faoliyatida ilg‘or ish uslublari va zamonaviy texnologiyalardan foydalanadigan yangi formatdagi kanal ekanligini tushunish imkonini beradi.

«Biz telekanalimizning yangi dizayni haqidagi tomoshabinlar fikri va bahosini olishga hamda bildirilgan mulohazalarga muvofiq uni takomillashtirib borishga tayyormiz. O‘z takliflarini tomoshabinlarimiz elektron pochta orqali info@corp.uzreport.com manziliga yoki maxsus aloqa shaklidan foydalanib «UzReport» informatsion agentligining sayti (http://uzreport.uz) ga jo‘natishlari mumkin. Biz, shuningdek, «UzReport»ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida tomoshabinlarimizning sharhlarini kutin qolamiz», — deya ta‘kidladi «UzReport TV» telekanali bosh rejissori Aziz Nabixonov.

Ma’lumot uchun
«UzReport TV» — axborot-tahliliy telekanal bo‘lib, 2014 yilning 28 aprelida o‘zbek, rus va ingliz tillardagi ko‘rsatuvlar bilan ishga tushirilgan. Kanal raqamli formatda namoyish etiladi va uni kabel televideniyesi studiyalari (O‘KT), «UzDigital TV», «Star TV» televizion tarmoqlari, shu jumladan «IP TV» xizmati yordamida,shuningdek, internet tarmog‘ida www.mediabay.tv foydalanuvchilari tomosha qilishi mumkin.

Kanalning bosh maqsadi – O‘zbekistonda va undan tashqarida ro‘y berayotgan voqealarni tezkorlik va xosliklik bilan yoritishdir. Teleuzativ tizimi jamoat, iqtisodiy, siyosiy, sport, madaniyat va dunyo yangiliklarini maksimal tezlikda efirga uzatishni ta’minlashga qaratilgan. Telekanal efirida voqea joylaridan interfaol audio- va videoulanishlar ko‘plab amalga oshiriladi. Shuningdek, iqtisodiyotning real sektorlari, moliya sohasi hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning hozirgi holati va istiqbollarini yoritishga qaratilgan eksklyuziv tahliliy sharhlar va intervyular ham teletomoshabinlar e’tiboriga havola qilinadi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq