“Beeline” Afrikada rouming geografiyasini kengaytirmoqda
21.01.2015
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” rouming geografiyasining navbatdagi kengayishi haqida xabar beradi. Nigerdagi “Orange” kompaniyasi (ovozli rouming) va Gambiyadagi “Africell” kompaniyasi bilan (GPRS-rouming) hamkorlik shartnomasi imzolandi.

“Dunyoning har bir nuqtasida abonentlarni ishonchli aloqa bilan ta’minlash – kompaniyaning muhim vazifalaridan biridir, – voqeani sharhlaydi “Unitel”ning texnik direktori Yevgeniy Klyuchev. – biznes va turizm nuqtai nazaridan abonentlarimiz uchun qiziq bo‘lgan chet el mamlakatlarida xizmatlarimizni kengaytirishda davom etmoqdamiz”.

Eslatib o‘tamiz, «Beeline» 2010 yildan beri O‘zbekistonda birinchi raqamli rouming-operator hisoblanadi. Kompaniya, shuningdek ovozli rouming (184 ta mamlakatda 483 ta operator), GPRS-rouming (156 ta mamlakatda 345 ta operator), 3G-rouming (146 ta mamlakatda 282 ta operator) va Camel-rouming (96 ta mamlakatda 207 ta operator) segmentlarida ham yetakchilik qiladi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq