“Beeline Club” “Bochka” restorani bilan birgalikda tanlov o‘tkazmoqda
20.01.2015
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” “Beeline Club” hamkori “Bochka” restorani bilan birgalikda “Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi “Beeline Club” sahifasining foydalanuvchilari uchun tanlov boshladi. Bosh sovrin sifatida g‘olib “Bochka” restoranida ikki kishilik tushlik qila olishi uchun vaucher e’lon qilindi.

Ikkinchi va uchunchi o‘rin uchun sovrin – doimiy chegirmalar olish uchun restoranning 20% va 10% mos ravishdagi diskont kartalari.

Tanlovda ishtirok etish uchun tanlov haqidagi yangilikga “Like” qo‘yish, o‘z sahifasida “share” tugmasi orqali chop qilish va post ostida sharh tarzida “Bochka restoranida ikki kishilik tushlikni yutib olishni istayman!” deb yozish lozim.

Tanlov 20 yanvardan 23 yanvargacha (shu kun ham kiradi) o‘tkaziladi. G‘olib ommabop random.org saytida tasodifiy raqamlar generatori yordamida aniqlanadi. Natijalarning skrinshoti https://www.facebook.com/beelineclub sahifasida 23 yanvar juma kuni chop etiladi.

beeline_20_01_2015

Facebook‘dagi “Beeline Club” sahifasi “Beeline” kompaniyasining shu nomli yirik loyihasiga bag‘ishlangan bo‘lib, uning doirasida har bir abonent yig‘ilgan ballarini imtiyozlar kartasiga almashtirishi mumkin. Buning uchun “Beeline” xizmatlaridan foydalanish evaziga ballarni to‘plashga imkoniyat beradigan maxsus bepul xizmatni yoqishning o‘zi kifoya. 1500 ball evaziga “Gold” kartasi, 3000 ball evaziga esa “Platinum” kartasini qo‘lga kiritish mumkin. “Status” tarif rejasi abonentlari avtomatik holda “Beeline Club” ishtirokchisiga aylanadilar.

“Beeline”ning “Beeline Club”ga a’zo bo‘lgan abonentlari Andijon, Buxoro, Jizzax, Qarshi, Qo‘qon, Navoiy, Namangan, Nukus, Samarkand, Toshkent, Termiz va Farg‘ona shaharlaridagi yuzlab restoran va savdo nuqtalaridan imtiyozli foydalanishlari mumkin.

Tafsilotlar https://www.facebook.com/beelineclub sahifasida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq