Beeline yangi spam holatlari haqida ogohlantiradi
19.01.2015
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” abonentlarni shu kunlarda takrorlanayotgan SMS-spam haqida ogohlantiradi. Umumiy spam-hujumning maqsadi uyali moslamaga havfli dasturni o’rnatish va keyinchalik uni manzil kitobidagi barcha raqamlarga havfli ssilka (havolani) tarqatish.

beeline_19_01_2015

Buning natijasida abonentlar shaxsiy ma’lumotlarini, pul mablag‘larini yo‘qotishi, havfli dasturni uyali moslamasiga yuklab olishi, hamda spam-ro‘yhatga raqami tushib qolishi mumkin.

Quyidagi ko‘rinishdagi SMS xabar olganingizda: ”агар бепул 0037120960267 хакида 50000$ учун хозир кунгирок булмаса Buztel бекорга ва бошка голибка топширилади», yoki “congratulation you are the winner of 50000$ call us immediately to take your gift 0037120960028”, uni o‘z uyali moslamangizgan o‘chirib tashlang. Ogoh bo‘ling!

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq