Endi CLICK tizimi orqali soliqlarni to‘lash imkoni ishga tushirildi!
18.01.2015
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

CLICKkompaniyasi o‘z foydalanuvchilariga yangi bir imkoniyatni – jismoniy va xususiy tadbirkorlar uchun bir qator soliqlarni to‘lash imkoniyatini ishga tushirgani haqida mamnuniyat bilar xabar qiladi.

CLICK kompaniyasi o‘z foydalanuvchilari uchun joriy qilingan imkoniyatlarning yana kengayganligi haqida xabar qiladi. Bugundan boshlab tizimning barcha foydalanuvchilari o‘z mobil telefonlaridan bir qator soliqlarni ishlaridan chalg‘imasdan va istagan paytlarida to‘lashlari mumkin.

Hozirgi kunda quyidagi soliqlarni to‘lash imkoni joriy qilindi: yer solig‘i, mulk solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, qat’iy belgilangan soliq va sug‘urta to‘lovlaridir. Ushbu soliqlar bo‘yicha to‘lovlarni oshirish uchun yagona *880# USSD-so‘rovi terilishi lozim, undan so‘ng “To‘lovlar” bo‘limiga kirib, “Soliqlar” bandini tanlash kerak.

“CLICK tizimi orqali soliqlarni to‘lash kabi imkoniyatning bugun ishga tushirilishi bizning foydalanuvchilarimiz uchun navbatdagi juda yaxshi bir yangilik bo‘ldi. O‘ylaymizki, ushbu imkoniyat bizning foydalanuvchilarimizga juda qo‘l keladi va soliq to‘lash kabi muhim va mas’ul vazifada qulay instrument vazifasida ma’qul keladi. Kompaniyamiz to‘lovlarni oshirish uchun imkoniyatlarni kengaytirishga o‘z kuchini doimiy ravishda qaratib kelmoqda va bundan keyin ham bu yo‘nalishga katta e’tibor beriladi”, deb ta’kidladi “CLICK” kompaniyasining direktori Ulug‘bek Rustamov.

Ushbu loyihaning ishga tushirilishi turli davlat organlari bilan erishilgan yaqin va samarali hamkorlikning navbatdagi bosqichidir.

Respublikamizda bosqima-bosqich va dadil qadam bilan ilgarilab ketayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi va iste’molchilar uchun keng ko‘lamli qulayliklar va imkoniyatlarning amalga tushirilishi o‘ta muhim ahamiyatga ega va davlatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar ichida alohida o‘rin olmoqda. Ushbu yo‘nalishlar kompaniyada qabul qilingan rivojlanish strategiyasida va ko‘rsatilayotgan xizmatlar ro‘yxatini yanada kengaytirishga qaratilgan barcha ishlarida asos qilib olingan.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq