“Beeline” va “Darakchi Plus” “Zo‘r-Zo‘r Selfie” tanlovining natijalarini sarhisob qilmoqda
15.01.2015
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” “Darakchi Plus” haftalik gazetasi bilan birgalikda 2014 yilning 9 oktyabr kuni boshlangan Odnoklasniki.ru ijtimoiy tarmog‘idagi eng ommabop “Zo‘r-Zo‘r Selfie” tanlovining yakunlarini sarhisob qilmoqda.

Tanlovning 13 haftasi mobaynida eng ko‘p ovoz to‘plagan ishtirokchilar g‘olib deb tan olindilar.

I o‘rin – Jasur Qodirov, tanlov selfilariga 18 676 ovoz to‘plab, bosh sovrin – LCD-televizorni qo‘lga kiritdi.
II o‘rin – Jaxongir Sayfullayev, 18198 ovoz. Sovrin – planshet.
III место – Nodirjon Mansurov, 17160 ovoz. Sovrin – smartfon.

Eslatib o‘tamiz, Odnoklassniki.ru tarmog‘ida ro‘yhatdan o‘tib, “Beeline O‘zbekiston”ning rasmiy sahifasiga qo‘shilgan har bir foydalanuvchi tanlov ishtirokchisiga aylanishi mumkin edi. Har payshanba kuni ishtirokchilar “Darakchi Plus” gazetasining yangi soni bilan bir dona noyob selfi qilishlari lozim edi. Har hafta selfi joylashtirgan, ayniqsa berilgan ovozlar bo‘yicha hafta mobaynida yetakchilik qilgan ishtirokchilar tanlovda g‘olib bo‘lish imkonini sezilarli darajada oshirdilar. 2015 yilning 9 yanvar kuni ovoz berish yopiq deb e’lon qilindi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq