Vladimir Petrov “Beeline O‘zbekiston”ga rahbarlik qiladi
14.01.2015
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

“VimpelCom Ltd” “BMT” biznes-birligi avval VimpelCom Lao Co., Ltd (Laosdagi Beeline SB) kompaniyasiga boshchilik qilgan Vladimir Petrovni MChJ “Unitel” (Beeline SB) Bosh direktori lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi qarorni e‘lon qiladi. U o‘z karyerasini “VimpelCom” kompaniyalar guruhidan tashqarida davom ettirishga qaror qilgan Aleksandr Vorobyovning o‘rnini egallaydi.

beeline_14_01_2015_1

Tayinlanishni izohlar ekan, “VimpelCom” kompaniyalar guruhi MDH davlatlarida biznesni rivojlantirish bo‘yicha bosh tijorat direktori va vitse-prezidenti v.b. Mixail Gerchuk shunday dedi: “Vladimirga yangi lavozimda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman! Kuchli raqobatchilik va tez rivojlanayotgan bozor sharoitlarida uning telekom-kompaniyalaridagi ko‘p yillik ish tajribasi O‘zbekistondagi “Beeline” jamoasini yangi muvaffaqiyatlar va yutuqlarga olib kelishiga ishonaman”.

“Menga ko‘rsatilgan ishonchni yuksak qadrlayman, chunki “Unitel” – “VimpelCom”ning eng muvaffaqiyatli va tez rivojlanayotgan kompaniyalaridan biri. O‘zbekistondagi “Beeline”ning yangilangan slogani – “Yetakchi! Ishonchli! Innovatsiyalar!” – rivojlanishning butunlay yangi bosqichining poydevori bo‘lmish qadriyatlarni aks ettiradi. Aloqa sifati, yangi texnologiyalar, mijozga bo‘lgan yondoshish va biznesning ochiq-oydinligi – bularning barchasini abonentlarimiz bizdan kutib qolishmoqda, va men bularning barchasini amalga oshirish uchun astoydil harakat qilaman”, — dedi Vladimir Petrov.

Vladimir Petrov 1995 yilda Uzoq Sharqdagi admiral G.I. Nevelskiy nomidagi Dengiz davlat universitetining “Radioelektronika va radioaloqa” mutaxassisligi bo‘yicha oliy malumotni olgan. 2013 yilda Fransiyadagi INSEAD biznes maktabining Global Executive MBA dasturini o‘tgan. O‘z karyerasini Vladimir 1995 yilda telekommunikatsiya sohasida boshlagan. Uzoq Sharq va Sibirdagi aloqa operatori “Primtelefon” kompaniyasida aloqa injeneri lavozimidan bosh direktor o‘rinbosari lavozimigacha ko‘tarilgan. Keyin u ikki yil davomida Uzoq Sharq makrohududi direktori lavozimida Uzoq Sharqdagi MTS faoliyatiga rahbarlik qilgan. 2007 yildan 2008 yilgacha Vladimir Ukrainadagi internet-provayder va simli aloqa operatori– MTS kompaniyalar guruhiga kiruvchi “Komstar-Ukraina” kompaniyasiga rahbarlik qilgan.

2008 yilda Vladimir VimpelCom kompaniyalar guruhiga qo‘shildi va Xoshimin shahridagi (Vyetnam) “Beeline” filiali direktori lavozimini egalladi. U yerda u tarmoq qurilishi va faoliyat yuritishi, hamda mamlakat hududlaridagi kanallar o‘tkazuviga mas’ul bo‘lgan, keyin esa Laosdagi “Beeline”ga boshchilik qildi, u yerda uning rahbarligi ostida biznes rivojlanishining yangi strategiyasi ishlab chiqarildi va amalga oshirilmoqda. Uning doirasida operatsiyalar geografiyasi va distributsiya tarmog‘i yaxshilandi. Oilali, bir nafar farzandi bor.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq