“Beeline” roumingi dunyoning 184 mamlakatida amal qiladi
09.01.2015
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori «Beeline» halqaro ovozli rouming xizmatlari dunyoning 184 ta mamlakatidagi 483 ta operator tarmog‘ida amal qilishi haqida xabar beradi.

“Butun dunyo bo‘ylab “Beeline” xizmatlaridan foydalana olish mumkin bo‘lgan ishonchli va maksimal keng rouming tarmog‘ini o‘z abonentlarimizga taklif qila olish biz uchun muhim, – voqeani sharhlaydi “Unitel”ning texnik direktori Yevgeniy Klyuchev. – Bir necha yil davomida hamkorlik tarmog‘ini kengaytirish ustida muntazam ravishda ish olib borish va innovatsiyalarni ishga solish natijasida, biz birinchi raqamli rouming-operator bo‘lib qolmoqdamiz”.

Eslatib o‘tamiz, “Beeline” 2010 yilda rouming-hamkorlar soni bo‘yicha O‘zbekistonda birinchi o‘ringa chiqgan. Kompaniya, shuningdek GPRS-rouming (156 ta mamlakatda 345 ta operator), 3G-rouming (146 ta mamlakatda 282 ta operator) va CAMEL-rouming (dunyoning 96 ta mamlakatida 207 ta operator) segmentlarida ham yetakchilik qiladi.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq