“Beeline Club”ning Facebook sahifasidagi tanlovi natijalari bo‘yicha oltinchi kompyuter sohibini e’lon qilindi
09.01.2015
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” “Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi “Beeline Club” sahifasining foydalanuvchilari uchun “Olti kompyuterdan birini yutib ol” aksiyasi doirasidagi yakuniy tanlov natijalarini sarhisob qilmoqda. Toshkent shahridan Yuliya Dronina o‘z sharhi ostida eng ko‘p “Like” bahosini to‘plab, kompyuter sohibiga aylandi.

“Aksiya o‘tkazilish vaqti mobaynida “Beeline Club” sahifasi obunachilari ichidan besh mingdan ziyod kishi tanlovlarda ishtirok etishdi, va kompyuter yutib olish imkoni barchada bor edi, – voqeani sharhlaydi “Unitel”ning matbuot-kotibi Rezida Erdman. – Abonentlarimiz va sahifa obunachilarimiz uchun omadlarini sinab ko‘rish, sovrinlar va turli bonuslarni qo‘lga kiritish uchun yangi imkoniyatlar berish uchun sovrinli tanlov va viktorinalar o‘tkazish an’anasini bu yili ham Facebook, OK.ru va Twitter ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalarimizda davom ettiramiz”.

Eslatib o‘tamiz, “Beeline”ning (Facebook, OK.ru va Twitter) ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga obuna bo‘lgan 700 000ga yaqin foydalanuvchilar on-line tizimida kompaniya yangiliklarini kuzatishlari va aksiya va tanlovlarda ishtirok etishlari mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq