TATUning o‘qituvchilari Janubiy Koreyaning Kyung Xii universitetida
08.01.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

tuit_8_01_2015

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining o‘qituvchilari Janubiy Koreyaning Kyung Xii universitetida malaka oshirib keldilar.

TATUning «Mobil aloqa texnologiyalari» kafedrasining ikki nafar o‘qituvchilari H.X.Madaminov va R.A.Raxmonberdievlar Koreya Respublikasining Kyung Xii universitetida ma’laka oshirib keldilar.

Kyung Xii universiteti Seul shahrida 1949 yilda tashkil etilgan va bugungi kunga kelib Koreya Respublikasining eng nufuzli universitetlarining o‘ntaligida yuqori o‘rinlarni egallagan. Mazkur universitet kompyuter texnologiyalari, dasturlash asoslari, telekommunikaksiya texnologiyalari, medisina, yurisprudensiya va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi. Kyungi Xii universiteti Seul va Suvon shaharlarida o‘quv kampuslariga ega bo‘lib bu kampuslar zamonaviy texnik qurilmalari bilan jihozlangan.

MAT kafedrasining o‘qituvchilari Suvon shahrida joylashgan kampusda zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalari fanlariga tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha mashg‘ulotlarda qatnashdilar. Mashg‘ulotlar Kyung Xii universitetining yuqori malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan ingliz tilida olib borildi. MAT kafedrasi o‘qituvchilari mashg‘ulotlar yakunida olingan bilimlari bo‘yicha imtixonlarda qatnashdilar va kurslarni a’lo boholar bilan yakunladilar. Imtixonlar natijalari bo‘yicha tegishli sertifikatlar topshirildi.

Mashg‘ulotlar davrida MAT kafedrasi o‘qituvchilari Kyung Xii universitetida amalga oshirilayotgan turli loyihalar bilan tanishdilar. Loyihalarni amalga oshirish jarayonining muxokamalarida o‘z fikr mulohazalari va takliflari bilan faol ishtirok etdilar.

Malaka oshirish davrida MAT kafedrasi o‘qituvchilari Kyung Xii universitetining ko‘p sonli professor-o‘qituvchilari bilan tanishdilar hamda universitetlar aro hamkorlik rishtalarini mustahkamladilar. Shuningdek, professor-o‘qituvchilarning universitetda yangi o‘quv metodlar bilan ishlashga ilhom bag‘ishladi. Kelajakda Kyung Xii universiteti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘rtasida hamkorlikni yanada oshirish imkoniyatlari ochildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq