Yevgeniy Klyuchev “Beeline”ning texnik direktori lavozimiga tayinlandi
07.01.2015
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” Yevgeniy Klyuchev texnik direktori lavozimiga tayinlanganligi haqida xabar beradi. U 2014 yilning 20 oktyabr kuni ish faoliyatini yakunlagan Denis Kotlyarenkoni o‘rnini egalladi.

“Safimizga “Beeline”ning innovatsion yetakchi ekanligini tasdiqlashda kompaniyaga ko‘mak beruvchi yana bir yorqin o‘z ishining ustasi paydo bo‘lganidan mamnunman, – voqeani sharhlaydi “Unitel” MChJ Bosh direktori Aleksandr Vorobyov. – Ishonaman, Yevgeniy asosiy omillaridan mamlakat bo‘ylab ishonchli aloqani ta’minlash va yangi tarmoqlar qurilishini tezlashtirish bo‘lgan texnik direksiyaning faoliyatini kuchaytiradi”.

beeline_7_01_2015

Yangi lavozimda Yevgeniy mobil va simli aloqa tarmoqlarini rivojlantirish va foydalanish, shuningdek keng polosali Internet uchun javob beradi.

Yevgeniy Klyuchev: “Xizmatlar sifatini mijozlarning o‘sib borayotgan ehtiyojlaridan oshgan holda, doimiy ravishda yaxshilash lozim. Mening diqqat-e’tiborim iste’molchi tarmog‘ining xususiyatlariga, uskunalarning yuksak darajali faoliyati va uning faoliyatining aniq jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘ladi. Shunday kuchli guruhda faoliyat olib borishdan mamnunman, va men “Beeline” uchun maksimal foyda olib kelish niyatidaman”.

Yevgeniy Nijniy Novgorod shahrida tavallud topgan. N.I. Lobachevskiy nomidagi Nijniy Novgorod universitetining “Radiofizika va elektronika”, shuningdek “Ilmiy texnik sohada ishbilarmonlik” yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumot olgan. Telekommunkatsiya sohasida 11 yildan buyon faoliyat olib bormoqda, ulardan 10 yili rahbarlik lavozimlarida. Bu sohada o‘z karyerasini Yevgeniy 2003 yilda “Tele2-N.Novgorod” kompaniyasida baza stansiyalari injeneri lavozimidan kompaniyaning texnik direktori lavozimigacha ko‘tarildi. 2007 yilda Yevgeniy “Texnik direksiyaning eng yaxshi xodimi” unvoniga sazovor bo‘ldi. 2011 yilda Yevgeniy “Skaylink” Rossiya aloqa operatoriga qarashli “Kaliningrad mobil tarmoqlari” kompaniyasining bosh direktori lavozimini egalladi. 2012 yilda Klyuchev Rossiyadagi eng yirik telekommunikatsion kompaniyalardan birida “Rostelekom” OAJ Samara filialining mobil biznes bo‘yicha direktori o‘rinbosari lavozimini egalladi. So‘ngi vaqtda Yevgeniy “Rostelekom” kompaniyasiga qarashli YoAJ “RT-Mobayl” kompaniyasining texnik direktori lavozimini egallagan.

2014 yilning 30 dekabridan Yevgeniy Klyuchev O‘zbekistondagi “Beeline” kompaniyasining texnik direksiyasiga rahbarlik qilmoqda.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq